Italiyaning «Napoli» klubi va Gruziya terma jamoasi hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya Shotlandiya bilan o‘yinda gol urdi.
23 yoshli futbolchi uchun bu gol allaqachon terma jamoa uchun 13-siga aylandi. Aytish joizki, bu to‘p gruziyalik futbolchiga terma jamoadagi golli seriyasini ketma-ket uch o‘yinga ko‘paytirish imkonini berdi. Bungacha Kvarasxeliya Kipr (4:0) va Tailandga (8:0) qarshi o‘yinlarda gol urgandi.
Ayni damlarda Gruziya hamda Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash turniri uchrashuvi davom etmoqda (1:1).