Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Srechko Katanes Turkmanistonga qarshi o‘yindan so‘ng: “Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”

Srechko Katanes Turkmanistonga qarshi o‘yindan so‘ng: “Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 noyabr, payshanba kuni JCH—2026 saralashi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv O‘zbekistonning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Biz ushbu g‘alabaga loyiq edik. Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. Ular juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Saralashning birinchi uchrashuvi bo‘lgani uchun ham bu biz uchun muhim edi. Agar biz g‘alaba qozonmaganimizda futbolchilar bosim ostida qolardi. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik.

Ketma-ket hujumlar natijasida g‘alaba qozondik. O‘tgan safargi matbuot anjumanida aytganimdek, bunday maydonda o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi. Turkmaniston terma jamoasi ushbu maydonda o‘ynab, o‘rgangan. Bizni terma jamoa esa yilda bir marta bunday sun’iy maydonda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.

Eronga qarshi o‘yingacha vaqt bor. Shogirdlarimni tayyorlashga ulguraman. Turkmanistonga qarshi bahsdan oldin to‘laqonli tayyorgarlik ko‘ra olmagandik. Shunday bo‘lsa-da, natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik. Eronga keladigan bo‘lsak, ularda juda yaxshi jamoa shakllangan. Shu vaqtga qadar Eronga qarshi 3 ta o‘yin o‘tkazganman, bitta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etilgan. Eron terma jamoasiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilaman",  — dedi Srechko Katanes.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini 21 noyabr sanasiga belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:02, 17.11.2023.
O'qildi: 3360 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.