Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Matbuot xizmatiga yengillik, ammo...

Matbuot xizmatiga yengillik, ammo...

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Bazel» matbuot xizmati klubning oktyabr oyidagi eng chiroyli golini aniqlagani yo‘q. Sababi juda oddiy va o‘ta og‘riqli.

Diqqat qiling, Shveysariya futboli bayroqdorlaridan biri sanalgan jamoa hisob bo‘yicha 10-oy davomida loaqal 1ta ham gol urmadi. Vaqtida mahalliy chempionat ishtirokchilarini gollar shodasi bilan «siylagan» «Bazel» hozir chinakam muammolar qarshisida qiynalmoqda. Jumladan, jamoa safida gol uradigan futbolchi topilmayapti. «Oktyabrda gol urilmadi, demak, oyning eng chiroyli goli ham yo‘q»,  - deya qisqa post qoldirildi Shveysariya klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Vaholanki, «qizil-ko‘klar» oktyabr oyida 4ta o‘yin o‘tkazishdi.

Dahshatli seriya. «Bazel» 10-oy taqvimidagi 4ta o‘yinda ham «quruq» mag‘lubiyatni tan oldi: «Ula Lozanna» - 0:3, «Yang Boyz» - 0:3, «Servett» - 0:1 va «Lozanna» - 0:3. Qarang, 3ta yirik mag‘lubiyat. Jamoa Shveysariya Superligasi 12-turidan so‘ng atigi 5 ochkoga ega va turnir jadvalining so‘nggi - 12-qatorida bormoqda. Eslatish joiz, «Bazel» Shveysariyaning eng dongdor klublaridan biri hisoblanadi. «Qizil-ko‘klar» 1999 yildan doimiy ravishda yevrokuboklarda ishtirok etishganiyu, o‘tgan mavsum KL yarim finalida o‘ynashganini ham alohida aytish kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa klubning golsizligiga hazil­omuz munosabatlar ham bildirilmoqda. Misol uchun: «Yaxshiku, matbuot xizmati eng chiroyli golni aniqlash tashvishidan xoli». Lekin bunday yengillik matbuot kotiblariga aslo yoqmasligi ta­yin...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:42, 17.11.2023.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.