Fransiya terma jamoasi hujumchisi Markus Tyuram Kilian Mbappe bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Kilian va men bir-birimizni bolaligimizdan bilamiz. U menga doim kuchli hujumchi bo‘lishimni aytdi. U buni his qildi, fazilatlarimni biladi. Hujumning barcha pozisiyalarida o‘zimni yaxshi his qilaman", - dedi Tyuram.