Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

APL. Kuchli oltilikning o‘zaro o‘yinlar jadvali: "Chelsi" hali mag‘lubiyatga uchramadi va boshqa natijalar

APL. Kuchli oltilikning o‘zaro o‘yinlar jadvali: "Chelsi" hali mag‘lubiyatga uchramadi va boshqa natijalar

Baho:
+ | -

2023 yilga kelib, APLdagi kuchli jamoalarni faqatgina oltita deb bilib, ularni top-6 lik deya atash qanchalik to‘g‘ri degan savollar paydo bo‘lmoqda. Negaki, "Nyukasl" hozir YECHLda, "Aston Villa" hamda "Brayton" ham yevrokuboklarda ishtirok etmoqda. Shunga qaramay, YECHLga yo‘llanma beradigan o‘rinlarni asosan to‘rtta – "Manchester Siti", "MYU", "Arsenal", "Liverpul", "Chelsi" yoki "Tottenxem"dan biri egallaydi. Bu odat o‘tgan mavsumda "Nyukasl" tomonidan buzilgandi. Biroq, Eddi Xau jamoasining bu mavsumdagi ishlari unchalik ham yaxshi emas.
Boylik borasida, tarkib va pul sarflashda baribir yuqoridagi gigantlar ustun turadi.

Ushbu top klublar o‘rtasidagi kurashlarni ko‘rish doimo zavqli. Ammo ularning to‘qnashuvi, ba’zan ulardan birining mavsumini tom ma’noda rasvo qilishi mumkin. 2023/24 yilgi davrning noyabriga qadar biz bir-biridan ajoyib uchrashuvlar guvohiga aylandik. Ularni tomosha qilish esa muxlislarga katta taassurotlar xadya etdi.
O‘tgan mavsumda kuchli oltilikning o‘zaro to‘qnashuvlarida "Manchester Siti" ustunlik qildi. Gvardiola jamoasi "Arsenal"ni ikki bor mag‘lubiyatga uchratdi. Bu narsa mavsum oxiridagi natijalarga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu mavsumda esa unday bo‘lmadi. To‘pchilar o‘z maydonida "Manchester Siti"ni katta ustunlik, ammo kichik hisob bilan dog‘da qoldira oldi. Gvardiola jamoasi keyingi muhim bahslarda o‘ziga kelib oldi. Xususan, "MYU"ni o‘z maydonida yer tishlatdi (0-3). "Chelsi" bilan esa 4-4 hisobida durang qayd etdi.

"Arsenal" mavsumdagi ilk katta o‘yinida "MYU"ni qabul qildi. Hammasini o‘yin so‘nggidagi Raysning goli hal qildi. Keyin esa "Tottenxem" bilan 2-2 hisobida durang o‘ynaldi, "Chelsi" maydonida ham xuddi shunday hisob qayd etildi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda esa 2015 yildan beri ilk bor raqibdan APLda uch ochko olingandi.

Quyida katta oltilikning joriy mavsumda o‘zaro o‘yinlardagi natijalarini e’tiboringizga havol etamiz. Tartib o‘rtacha ochko to‘plash asosida belgilangan bo‘lib, ochkolar teng kelib qolgan taqdirda to‘plar nisbati inobatga olindi.


1. "Arsenal"

O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Gollar: 8 ta
O‘tkazilgan gollar: 5 ta
O‘rtacha ochko olish: 2.0

2. "Tottenxem"

O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyat: 1 ta
Gollar: 7 ta
O‘tkazilgan gollar: 7 ta
O‘rtacha ochko olish: 1.75

3. "Chelsi"

O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 1 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Gollar: 11 ta
O‘tkazilgan gollar: 8 ta
O‘rtacha ochko olish: 1.5

4. "Manchester Siti"

O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 1 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyat: 1 ta
Gollar: 7 ta
O‘tkazilgan gollar: 5 ta
O‘rtacha ochko olish: 1.33

5. "Liverpul"

O‘yinlar: 2 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyat: 1 ta
Gollar: 2 ta
O‘tkazilgan gollar: 3 ta
O‘rtacha ochko olish: 0.5

6. "MYU"

O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyat: 3 ta
Gollar: 1 ta
O‘tkazilgan gollar: 8 ta
O‘rtacha ochko olish: 0.0.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:01, 21.11.2023.
O'qildi: 4219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.