Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

"Real" prezidenti jarohat olgan "Barselona" futbolchisini qo‘llab-quvvatladi

"Real" prezidenti jarohat olgan "Barselona" futbolchisini qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Gruziya bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining so‘nggi o‘yinida (3:1) jarohat olgan “Barselona”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gavi bilan bog‘landi.

Cadena COPE nashri xabariga ko‘ra, Peres klub nomidan Gaviga shaxsiy maktub yo‘llab, 19 yoshli futbolchini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Avvalroq Gavini qayta tiklash 7 oydan 9 oygacha davom etishi xabar qilingandi. Aytish joizki, yarim himoyachi jarohati tufayli Germaniyada 14 iyun kuni boshlanadigan va 14 iyulga qadar davom etadigan Yevro-2024 musobaqasini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya muddatidan avval Yevropa chempionati uchun o‘z guruhidan chiqdi. Ispaniyaliklarga Shotlandiya terma jamoasi hamrohlik qilgan bo‘lsa, Norvegiya, Gruziya va Kipr musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Kiritildi: 20:34, 21.11.2023.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик