Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Prevyu. "Bunyodkor" – "Metallurg"

Prevyu. "Bunyodkor" – "Metallurg"

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining 25-turida "Metallurg" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo‘ladi. Mazkur jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 35 marotaba kuch sinashishgan. “Qaldirg‘ochlar” 25 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 4 ta o‘yinda “Metallurg” zafar quchgan. 6 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 65:28.

Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida “Metallurg” Bekobodda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 17-daqiqada Damir Temirov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Jasur Hakimov javob golini kiritgandi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

10.05.2022 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:1
13.08.2021 «Bunyodkor» - «Metallurg» 2:0
17.08.2020 «Bunyodkor» - «Metallurg» 2:0
18.08.2019 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:0
24.11.2018 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:0

“Bunyodkor” haqida

“Bunyodkor” mamlakatimizning yosh jamoalaridan biri. Ammo qisqa fursatda jamoa o‘zining shonli tarixini yaratdi. Bir yil ichida birinchi ligadan oliy ligaga yo‘l oldi. Kuchlilar safida esa doimiy ravishda yetakchilar qatoridan o‘rin egallab kelayapti. “Qaldirg‘ochlar” 5 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta vise-chempion, 2 marta bronza medali sovrindori, 4 marta O‘zbekiston kubogi sohibi va 5 karra finalchisi, Superkubogi sohibi bo‘ldi.

“Bunyodkor” stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi sanaladi. 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirilgan,  “Bunyodkor”  stadioni  o‘z bag‘riga 34000 tomoshabinni sig‘diradi.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 470 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 285 tasida g‘alaba qozongan, 101 tasida durang o‘ynagan, 84 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 824:381. Jamoaning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (“Sho‘rtan”, 2008 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:5 (“Paxtakor”, 2020 yil).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:26, 23.11.2023.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.