Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Makkenni: «Yuventus»ga skudettoni qaytarish vaqti keldi»

Makkenni: «Yuventus»ga skudettoni qaytarish vaqti keldi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni jamoaning joriy mavsumdagi istiqbollari haqida o‘z fikrini aytdi.

Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda, ammo keyingi turda birinchi o‘ringa chiqishi mumkin – buning uchun ikki ochko bilan peshqadamlik qilayotgan «Inter»ni mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Uchrashuv 26 noyabr kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

«Albatta, A Seriyada oson o‘yinlar bo‘lmaydi, ammo hozirda biz uchun eng muhimi «Inter»ga qarshi o‘yin.

Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish bizni ajoyib holatga olib keladi, lekin, albatta, har bir keyingi o‘yin ham juda muhim bo‘ladi, chunki ustunlikni saqlab qolish kerak.

Hozircha bashorat qilishga erta, ammo jamoamiz bu qiyinchilikni qabul qilishga tayyor, «Yuventus»ga skudettoni qaytarish vaqti keldi», - deya Makkennining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 13:24, 23.11.2023.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик