Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Luis de la Fuente: "Barselona" mendan Gavini ikkinchi o‘yinda maydonga tushmaslikni so‘ramadi"

Luis de la Fuente: "Barselona" mendan Gavini ikkinchi o‘yinda maydonga tushmaslikni so‘ramadi"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" yarim himoyachisi Gavining jarohati haqida gapirdi.

"Barselona" mendan Gavini ikkinchi o‘yinda maydonga tushmaslikni so‘ramadi. Men RFEF haqida bilmayman. Futbolchilar biz bilan bo‘lganda, biz faqat terma jamoa haqida o‘ylaymiz. Bizda Gavi ikkinchi o‘yinda atigi 45 daqiqa maydonga tushishi haqida o‘ylagandik, biroq Xesus Navas jarohat oldi. Biz o‘yinchilarning sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘ydik. Barcha futbolchilar ikkinchi o‘yinda maydonga tushishni xohlashdi, Gavi esa bundan ham ko‘proq. U juda faol. U birinchi o‘yinni, ikkinchisida 45 daqiqani o‘ynashi kerak edi. Agar uning jarohati borligini ko‘rsak, uni almashtirardik", - dedi Fuente AS bilan suhbatda.

19 yoshli Gavi 2024-yilgi Yevropa chempionati saralashida Gruziyaga qarshi o‘yinda (3:1) tizzasining xochsimon bog‘lami va yon meniskusini jarohatlab oldi va mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:15, 28.11.2023.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик