Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Messining g‘azabini qo‘zg‘atmagan ma’qul...

Messining g‘azabini qo‘zg‘atmagan ma’qul...

Baho:
+ | -

Braziliyalik Marselo faoliyati davomida maydonda argentinalik Lionel Messi bilan juda ko‘p marta to‘qnash kelgan.

«Real» afsonalaridan biri yaqinda aynan «mitti daho»ga qarshi o‘yinlarini alohida esladi. Marseloning aytishicha, o‘yin vaqti Messiga nisbatan provakasion harakatlanish, uning g‘azabini qo‘zg‘atish faqat va faqat ta’qibchi tomon zarariga ishlaydi.

Marselo ayniqsa, Madriddagi o‘yinlarda Messiga qarshilik ko‘rsatishda shu oddiy qoida (Leo g‘azabini qo‘zg‘atmaslik)ga qat’iy amal qilgan ekan. «Messi o‘yin payti umuman gaplashmasdi va men ham unga luqma tashlamaslikka harakat qilardim. Chunki uning jig‘iga tegmasangiz, nisbatan muloyimroq ko‘rinardi, - dedi «Real» afsonasi. - Ochig‘i, ayniqsa, Madriddagi o‘yinlarda har doim yigitlar bilan shu qoidaga amal qilish, Leoni o‘z holida qoldirish kerakligi haqida kelishib olardik. Chunki agar unga ortiqcha bosim o‘tkazishni o‘ylasangiz yoki keskin harakat bilan xalaqit berishga urinsangiz, o‘zingizga g‘avg‘o orttirganingiz qoladi. Bunday holatda Leo jahlini qo‘zg‘atib qo‘yasiz. G‘azablangan Messiga qarshilik ko‘rsatish esa amri-mahol... Qahr otiga mingan Messi har qanday raqib uchun dahshatli tushga aylanadi».

Marseloning fikricha, oxirgi Amerika kubogi va JCHda raqiblar shu oddiy qoidaga amal qilishmagani tufayli Leodan ko‘p aziyat chekishgan: «Mana, Amerika kubogi va JCHda raqib jamoalar futbolchilari Leoni provakasion harakatlar bilan izdan chiqarishga ko‘p urinishdi. Oqibatda bu aynan argentinaliklarga qo‘l keldi. Eng yorqin misol sifatida JCH-2022 chorak final o‘yinini ko‘rsatish mumkin. Niderlandiyaliklar o‘zlariga qattiq ishongan holda, nafaqat Leo, balki uning sheriklarini ham g‘azablantirib qo‘yishdi. Oqibatda Messi vahojat rejimini yoqib, gol urdi, samarali uzatma qayd etdi va barchasini Lui van Gal oldida nishonladi».

Lionel Messi va «Real» o‘rtasidagi munosabatga kelsak, argentinalik yulduz jami 47ta «El-klasiko»da ishtirok etib, 26ta gol va 14ta assist qayd etgan. Marseloning aqidasiga asosan aytsak, agar «realchilar» Messiga qarshilik ko‘rsatishda «g‘azablantirmaslik kerak» tushunchasiga amal qilishmaganida, uning statistikasi yanada dahshatli bo‘larmidi...?

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:01, 29.11.2023.
O'qildi: 2494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик