Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

Yevro-2024da ishtirok etmaydigan eng yaxshi APL yulduzlari

Yevro-2024da ishtirok etmaydigan eng yaxshi APL yulduzlari

Baho:
+ | -

Keyingi yili yozda o‘tkaziladigan Yevropa chempionatiga yo‘l olgan terma jamoalar nomi aniq bo‘lib bormoqda. Ko‘plab yulduzlar allaqachon turnirda ishtirok etish masalasini hal qilgan. Ammo ayrimlar uchun Germaniya tuprog‘ida o‘tadigan bahslar armonga aylanadi. 21 ta qatnashuvchi davlatlar nomi aniq bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, yana uchta ishtirokchini o‘tish o‘yinlar orqali bilib olamiz. Hattoki, o‘sha o‘tish bahslariga ham jamoasini olib chiqa olmagan, ammo APLda yuqori maqomga ega bo‘lgan yulduzlar haqida quyida bilib olasiz.

Aleksander Isak

Bu galgi saralash davri Shvesiya uchun omadsiz keldi. 1992 yilgi turnirda bronza sohibiga aylangan millat, F guruhida o‘z imkoniyatlarini ko‘kka sovurish bilan band bo‘ldi. Ular so‘nggi bahsda 10 kishi bo‘lib qolgan Ozarbayjonga 3-0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Isak oxirgi uchta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmagan bo‘lsa, u bor paytlarda ham Shvesiyaning o‘yinlarida yuksalish kuzatilmagan edi. Isak 5 ta bahsda 1 ta gol urdi xolos. Bu esa "Nyukasl" hujumchisi uchun juda yomon ko‘rsatkichdir.

Deyan Kulusevski

Yana bir shvesiyalik yulduz bu Kulusevskidir. U ham keyingi yozda dam oladi. "Tottenxem" hujumchisi milliy jamoasiga yetarlicha yordam bera olmagan edi. Kulusevski uchun bu uyat sanaladi. Negaki, u "shporlar" bilan fantastik darajada harakat qilmoqda. Vinger hisobida hozirga qadar 3 ta gol mavjud. 23 yoshli futbolchi 8 ta saralash bahslarida esa 2 ta gol urgan xolos.

Evan Fergyuson

Futbol dunyosida yarq etgan yulduzlardan biri Fergyusondir. 19 yoshli markaziy hujumchi "Brayton"da bo‘lgani kabi terma jamoa miqyosida ham bir xil natijalarga erisha olmayapti. Ha, u harakat qiladigan Irlandiya biroz murakkab guruhdan joy olgandi. Fergyuson Fransiya, Niderlandiya va Gresiya bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keldi. Natija esa qoniqarli emasdi. Fergyuson 6 ta bahsda 2 ta gol urdi. Bu gollar Gibraltarga qarshi kiritilgandi. Irlandiya 8 ta bahsdan faqat 2 tasini g‘alaba bilan yakunlay olgan xolos.

Martin Edegor

Shotlandiyaning saralash o‘yinlaridagi darajasi Norvegiyaga qimmatga tushdi. Ispaniya va Shotlandiya yo‘llanmani olgani bois, Norvegiyaning imkoniyatlari tushib ketdi. Shu sababli Edegor ham qit’a chempionatini yana 4 yil kutishi kerak bo‘ladi. 24 yoshli yarim himoyachi o‘z terma jamoasining oltin davrida harakat qilmoqda. Ammo, baribir Norvegiyaning darajasi saralashdan o‘tish uchun kamlik qildi. Endilikda "Arsenal" sardori ham yozda dam oladi. Norvegiya esa oxirgi bor qit’a chempionatida 2000 yilda ishtirok etgandi.

Erling Xoland

O‘tgan mavsumning APL to‘purari Yevro-2024ga bormaydi. Balki Xoland Norvegiya uchun 29 ta bahsda 27 ta gol urgandir, balki saralashda 6 ta golga mualliflik qilgandir. Ammo bu natijalar yetarli bo‘lmadi. Futbol muxlislari uchun Xoland kabi fantastik futbolchini Germaniyada ko‘rmaslik juda ham alamli. Aynan terma jamoalar miqyosidagi omadsizlik, Xolandga "Oltin to‘p"ni yutishga imkon bermagan edi. Kelajakda bu narsa to‘g‘irlanadi. Xoland esa hali yosh.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:05, 30.11.2023.
O'qildi: 1929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.