Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Turkiya Superligasining eng qimmat 10 ta futbolchisi

Turkiya Superligasining eng qimmat 10 ta futbolchisi

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasi hozirda bir qancha yulduzlarga ega che,pionat hisoblanadi va sobiq “Manchester Yunayted”, PSJ va “Tottenxem” yulduzlari liganing eng qimmat 10 futbolchisi qatoriga kiradi.

"Galatasaroy", "Fenerbaxche" va "Beshiktosh" kabi klublar yozda o‘z jamoalariga katta sarmoya kiritdi va bu yil liga jiddiy raqobatbardosh ko‘rinmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlaridan foydalanib, biz liganing eng qimmat 10 nafar futbolchisini sizga havola etamiz va ko‘plab tanish yuzlarni uchratishingiz mumkin bo‘ladi.

10.Sacha Boyey – 14,6 million funt sterling

Fransiyalik futbolchiga Premer-ligadan "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo u “Galatasaray”ni tanladi va ilk mavsumdanoq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

23 yoshli futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan va uning narxi 14 million funt sterlingdan sal ko‘proq baholanmoqda, ammo "Galatasaroy" uning xizmatlari uchun 22 million funt sterling talab qilayotgani aytilmoqda.

9.Jedson Fernandes – 14,6 million funt sterling

Jedson 2019-20 yilgi mavsumda "Tottenxem"da ijarada o‘ynaganida o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, o‘tgan yili "Beshiktosh"ga o‘tganidan keyin u o‘zini ancha tanita oldi.

Turk klubi safida 55 o‘yinda Fernandes 14 ta gol kiritdi va o‘zini Premer-liga darajasida tutmoqda.

8.Sebastyan Shimanski – 15,5 million funt

Polshalik pleymeyker 13 uchrashuvda 10 ta gol kiritib, yangi mavsumni sermahsul boshladi. "Fenerbaxche" ligada peshqadamlik qilmoqda va Shimanski chempion bo‘lish imkoniyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

"Fenerbaxche"ga yozda qo‘shilgan Shimanski 2027 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega va u 15,5 million funt sterlingga baholanmoqda.

7.Viktor Nelsson – 16,4 million funt sterling

Daniya markaziy yarim himoyachisi klubdagi dastlabki ikki mavsumida “Galatasaroy”ning asosiy tarkibidan doimiy ravishda o‘rin oldi. Biroq, u Davinson Sanchesning kelishidan so‘ng, birmuncha raqobatga kirishishga to‘g‘ri keldi.

Qizig‘i shundaki, yozda "Tottenxem" 25 yoshli futbolchi bilan jiddiy bog‘langan edi, ammo klub uning o‘rniga Miki van de Venni qo‘lga kiritishni afzal ko‘rishdi. Nelssonning kelajagi haqidagi mish-mishlar o‘shandan beri davom etmoqda va u 2024 yilda u jamoasini almashtirishi mumkin.

6.Fred – 17,2 million funt sterling

"Old Trafford"da besh yil o‘ynagach, Fred yozda yangi chaqiruvni oldi va “Fenerbaxche”ga o‘tishni tanladi. "Yunayted" braziliyalik uchun 13 million funt sterling oldi, bu uning qiymatidan biroz kamroq.

"Men bu buyuk klubda ekanligimdan juda xursandman. Men go‘zal mamlakatdaman. Hammasi yaxshi ketmoqda. Kayfiyatim yaxshi. Hamma meni eng yaxshi tarzda kutib oldi", - dedi Fred Turkiyaga kelganida.

5.CHengiz Under – 17,2 million funt sterling

"Fenerbaxche" yozda turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolagan va uning xizmatlari uchun 12,9 million funt to‘lagan edi.

26 yoshli futbolchi jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi, ammo u endi avvalgi darajasiga qaytishga intilmoqda.

4.Mauro Ikardi – 17,2 million funt

Turk futbolida Ikardining avvalgi darajasiga qaytishi go‘zal manzara bo‘ldi. Argentinalik futbolchi PSJda o‘ynab yurgan vaqtlarda ko‘pincha soyada qolib ketardi, ammo xayriyatki, “Galatasaray” uni o‘z yo‘liga qaytardi.

Ikardi o‘tgan mavsumni turk klubida ijara asosida o‘tkazdi va chempionatda bor-yo‘g‘i 24 o‘yinda maydonga tushib, 22 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U bu mavsumda ham xuddi shunday sermahsul o‘ynamoqda, garchi u vaqti-vaqti bilan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa ham.

3.Uilfrid Zaxa – 17,2 million funt sterling

"Galatasaray" yozning arzon shartnomalaridan biriga erishdi, chunki ular Zaxani tekinga sotib oldilar. 31 yoshli futbolchi o‘zining yangi klubida ham barcha musobaqalarda oltita gol va ikkita golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yozda "Kristal Pelas" rahbari Stiv Perish Zahani jamoadan ketganida klubning eng buyuk futbolchisi deb ta’rifladi: "Uilfrid Zaha bizning eng yaxshi va eng nufuzli o‘yinchimiz bo‘lganligi sababli klubni tark etadi. Uning qolishini qanchalik xohlardik, uzoq muhokamalardan so‘ng u o‘z karerasining oxirigacha o‘zini yangi klubda sinab ko‘rishini ta’kidladi va biz uning qarorini hurmat qilamiz”.

2.Tanguy Ndombele – 18,0 million funt sterling

"Tottenxem" muxlislari Ndombelening nimalarga qodir ekanligini ko‘rishdi, ammo fransiyalik futbolchi London shimolida oxir-oqibat asosiy tarkibdan joy ololmadi.

26 yoshli futbolchi so‘nggi uch mavsumni ijara asosida o‘tkazdi, uning so‘nggi ijara harakati "Galatasaray"da bo‘ldi. Turk klubi Ndombeleni taxminan 13 million funt sterlingga sotib olish imkoniyatiga ega, ammo ular bu variantni qo‘llaydimi yoki yo‘qmi, hali vaqt ko‘rsatadi.

1.Tete – 20,7 million funt sterling

Braziliyalik vinger yozda "Galatasaray" bilan to‘rt yillik shartnoma tuzdi va endi u liganing eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.

Tete o‘tgan mavsum Liga 1da har 139 daqiqada o‘rtacha 1 ta gol urgan. "Galatasaray" muxlislari braziliyalikning eng zo‘r o‘yinlarini hali ko‘rishga ulgurmadi, ammo futbolchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:30, 02.12.2023.
O'qildi: 3851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.