Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ten Xag Onananing Afrika kubogiga ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Ten Xag Onananing Afrika kubogiga ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "qizil iblislar" darvozaboni Andre Onana Afrika Millatlar Kubogidagi ishtiroki tufayli 2024 yil boshida jamoaning bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.

"Uni chaqirishsa, terma jamoaga ketishi kerak bo‘ladi. Ammo hozir biz muzokaralar jarayonidamiz”, — dedi Ten Xag The Sun bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Afrika millatlar kubogi 2024 yilning 13 yanvaridan 11 fevraliga qadar Kot-d’Ivuarda bo‘lib o‘tadi. Agar Kamerun finalga chiqsa, 27 yoshli Onana shu vaqt ichida Angliya Premyer-ligasida to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Avvalroq OAVda kamerunlik darvozabon Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etganidan so‘ng ingliz klubining asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligidan xavotirda ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 15:31, 02.12.2023.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик