Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Juzeppe Marotta o‘zi amalga oshirgan eng qiyin transferni aytdi

Juzeppe Marotta o‘zi amalga oshirgan eng qiyin transferni aytdi

Baho:
+ | -

Oldinroq "Yuventus"da ishlagan "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta o‘zining eng qiyin transferini aytdi.

Italiyalik mutaxassis 2010 yildan 2018 yilgacha “Yuventus” ijrochi direktori lavozimida ishlagan. Funksionerning fikricha, Pol Pogbaning «Manchester Yunayted»dan transferi uning faoliyatidagi eng qiyin bitim hisoblanadi. Shartnoma 2012 yilda bo‘lib o‘tgan.

“Biz u bilan shartnoma imzolaganimizda Pogba juda yosh edi va uni sotib olish juda qiyin bo‘lgan. U "Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirmadi, ko‘plab klublar uni ko‘rishni xohlashdi. Bunday sharoitda muzokaralar olib borish juda qiyin edi”, - dedi Marotta.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Pol Pogba "Manchester Yunayted"ga qaytgan edi. «Yuventus» fransiyalik futbolchini sotishdan 105 million yevro ishlab oldi.

Kiritildi: 08:28, 05.12.2023.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.