Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

OCHL. «Paxtakor» masalani cho‘zib o‘tirmadi...

OCHL. «Paxtakor» masalani cho‘zib o‘tirmadi...

Baho:
+-1 | -

"Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida g‘alaba qozonsa, birozdan keyin boshlanadigan "Persepolis" - "Duhayl" o‘yini natijasini kuzatishimiz kerak bo‘lardi. Ammo paxtakorchilar bizni qiynab o‘tirishmadi. Muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqmaslik vazifasini "sharaf" bilan uddaladi.

Hojimat Erkinov 10-daqiqada hisobni ochganida kayfiyatimiz ko‘tarilib, umid paydo bo‘lgandi. Ammo saudiyaliklar Toshkentga g‘alaba uchun kelganini namoyish etib, "Paxtakor"ning tajribasiz himoya chizig‘i bir emas, ikki emas, naq 4 marta jazoladi. Mehmonlar tanaffusga qadar hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ular ikkinchi bo‘limda "sherlar" darvozasiga 3 marta yo‘l topishdi.

"Paxtakor" ikkinchi bo‘limda golga tortadigan bir nechta vaziyat yaratdi, ammo gohida zarbaga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ba’zida "Fayha" posboni qahramonlik ko‘rsatdi.

Bugungi o‘yinni "Paxtakor" safida Odil Hamrobekov diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuborayotgan bo‘lsa, Sobirxo‘jayev, Azmiddinov, Banashak, Alijonov, Hamdamov va Hamraliyev jarohat tufayli ishtirok eta olishmadi.

Natijada "Paxtakor" - "Al-Fayha" - 1:4. 9 ochko jamg‘argan Saudiya klubi endi "Persepolis" ishtirokidagi o‘yinni kuzatadi.

Osiyo chempionlar ligasi.
"PAXTAKOR" - "Al Fayha" 1:4 (1:1)
Gollar: Hojimat Erkinov (10) - Junior Sakala (39, 90+3), Sulton Mandash (47), Genri Onyekuru (85)
Hakamlar: Ahmad Al Kaf, Bakar Amri, Rashid Qayti (O‘mon), Mongkolchay Pechshri (Tailand).
"Paxtakor": Pavlyuchenko, Saitov, Abdumajidov, Tursunov, Sayfiyev, Asqarov, Xolmatov, Erkinov, Turg‘unboyev, Cheran, Xoldorxonov.
"Al-Fayha": Ahmad Kassar, Abdulrahmon Safariy, Yusuf Haqaviy, Junior Sakala, Muhammad Baqaviy, Milan Pavkov, Sulton Mandash, Navaf Xartiy, Hussayn Shuvaysh, Abdulrahmon Anaziy, Osama Halaf.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:04, 05.12.2023.
O'qildi: 8446 marta.
Fikrlar: 290 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик