Italiya terma jamoasi boshqaruvchisi Luchano Spalletti Milanning “Inter” klubining kuchi haqida gapirdi.
Simone Indzagi shogirdlari 14 turdan keyin 35 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Neradzurrilar"ning asosiy ta’qibchisi “Yuventus” hisobida 33 ochko bor, “Milan” esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi (29).
"Inter" haqli ravishda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu yetuk jamoa, ularning o‘yinida ko‘p fazilatlarni ko‘ryapman. Jismoniy xususiyatlarga asoslangan futbol bor, texnik futbol, shuningdek, o‘yinchilarning birligiga yo‘naltirilgan munosabatlar futboli bor - "Inter" misolida men bu xususiyatlarning barchasini kuzataman. Hattoki, o‘yinchilarning maydondagi xatti-harakatlari ham bu jamoa haqida ko‘p narsani aytadi", - deya Spaletti so‘zlaridan iqtibos keltiradi FcInter1908.