Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbek klublari vakillarining Turkiya safari poyoniga yetdi

O‘zbek klublari vakillarining Turkiya safari poyoniga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, O‘zPFL va Turkiya klublar birligi o‘zaro hamkorlikda o‘zbekistonlik futbol mutaxassislarini turk klublari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ayni kunlarda Istanbulda o‘quv seminari tashkil etdi.

20 nafar mutaxassisdan iborat delegasiya dastlab Turkiya klublar birligi bosh ofisiga tashrif buyurdi. Seminarning boshlanish qismida Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chag‘ri Ilk turk futboli, xususan Turkiya Superligasi va uning ishtirokchi klublari haqida ma’lumot berib, taqdimot o‘tkazdi. So‘ngra har ikki tomon vakillari o‘zaro davra suhbati davomida turk va o‘zbek futbolining o‘xshash va farqli jihatlari xususida fikr almashdi.

Seminar doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun 3 ta asosiy mavzuda: «Futbolchilar seleksiyasi hamda futbol agentlari bilan ishlash», «Futbol uchrashuvlarini tashkil etish va muxlislar bilan ishlash», «Marketing va chiptalar savdosi» bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Bunda futbol klublarining 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi va aniq rejalar ishlab chiqishiga ko‘maklashish ko‘zda tutildi.

Seminar doirasida vakillarimiz «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublariga ham tashrif buyurishdi va turk klublarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Turkiya Superligasida peshqadamlik qilayotgan mazkur klublar tashkiliy tuzilmasi, marketing va muxlislar bilan ishlash bo‘yicha strategiyasi, homiylar bilan amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi, chiptalar savdosi qanday yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek klubning o‘yinchilar seleksiyasini qanday olib borishi xususida taqdimotlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, “Fenerbaxche” hamda “Galatasaroy” klublarida o‘yin kungi uchrashuvlar tashkiliy ishlari qanday kechishini ham kuzatishdi. Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Turkiya Superligasi doirasidagi “Beshiktash” - “Fenerbaxche”, «Galatasaroy» – «Adana Demirspor» uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishdi. Ish jarayonlarini o‘rganishdi.

O‘zbekiston delegasiya a’zolari kuzatgan o‘yinlarning har ikkalasida bir xil – 3:1 hisobi qayd etildi. Birinchi o‘yinda “Galatasaroy” o‘z maydonida “Adana Demirspor”dan ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchisida “Beshiktash” o‘z maydonida peshqadam “Ferenbaxche”ga yutqazib qo‘ydi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:41, 11.12.2023.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик