Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour—2023 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bahslar rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda (har bir sportchiga 15 daqiqadan vaqt va har bir yurishga qo‘shimcha 3 soniya qo‘shib berilmoqda).

Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

Kechagi dastur davraviy bahslardagi so‘nggi 7-tur o‘yinlari bilan boshlandi. Nodirbek fransiyalik Maksim Vasher-Lagravga qarshi dona suradi. Dastlabki ikki o‘yinda hamyurtimiz ustun vaziyatga ega bo‘ldi, ammo yakunda durang qayd etildi. G‘olibni aniqlash uchun esa "armageddon" partiya o‘ynaldi. Vatandoshimiz qora donalarda o‘ynashiga qaramay (durang ham yetarli bo‘lardi), 28-yurishga kelib raqibni taslim etdi. Natijada Abdusattorov 4 ochko bilan davraviy bahslarni 4-o‘rinda yakunladi.

Davraviy bahslar yakunida 7 va 8-o‘rinni egallagan Alirizo Firuja va Denis Lazavik turnirni tark etgan bo‘lsa, yuqori ikki pog‘onani band etgan Uesli So va Magnus Karlsen bevosita yarim finalga yo‘l oldi.

3-6-pog‘onalarni egallagan shaxmatchilar esa o‘zaro pley-off formatida yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi. Nodirbek dastlab Fabiano Karuanaga qarshi bahslarda ishtirok etdi. Birinchi partiyada AQSHlik sportchi g‘alaba qozongan bo‘lsa, hamyurtimiz oq donalarda g‘alaba qozonib, umumiy hisobni tenglashtirdi. "Armageddon" partiyada esa raqibning qo‘li baland keldi.

Karuana yarim finalga chiqqan bo‘lsa, Abdusattorov musobaqada ishtirokini davom ettirish uchun Xikaru Nakamuraga qarshi jang qildi. Dastlabki ikki partiyada tomonlar durangga imzo chekishdi. "Armageddon" bahsida esa hamyurtimiz qora donalarda harakat qildi. Unda qayd etilgan durang esa o‘zbek shaxmatchisini yarim finalga olib chiqdi.

Nodirbek Abdusattorov yarim finalda AQSHlik So Uesliga qarshi dona suradi. Ikkinchi yarim final esa Magnus Karlsen va Fabiano Karuana o‘rtasida kechadi. G‘olib shaxmatchilar finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:30, 13.12.2023.
O'qildi: 2674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик