Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov yarim finalning birinchi setida g‘alaba qozondi

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov yarim finalning birinchi setida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour—2023 turnirida hal qiluvchi bahslar boshlandi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada kecha yarim finalning dastlabki janglari bo‘lib o‘tdi. Reglamentga ko‘ra, yarim finalning ilk kunida tomonlar 4 tadan partiya o‘tkazishdi. Agar durang qayd etilsa, qo‘shimcha "armageddon" tay-brey o‘yin o‘tkaziladi.

Nodirbek Abdusattorov final yo‘llanmasi uchun AQSHlik So Uesliga qarshi 4ta jang o‘tkazdi. Birinchi partiyada durang vaziyatda hamyurtimiz g‘alaba uchun harakat qilib, tavakkalga qo‘l urdi. Ammo vaqt qisqaligi uchun Nodirbek xatoga yo‘l qo‘ydi va partiyani boy berdi.

Abdusattorov ikkinchi partiyada oq donalarda tajovuzkor o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, So durang uchun harakat qildi. Vatandoshimiz 36-daqiqaga kelib g‘alabani rasmiylashtirdi. Natijada hisob tenglashdi.

Uchinchi partiyada o‘yin teng kechdi. Endshpilda esa Nodirbek raqibning ikki piyodasini yutib oldi va Ueslini xato qilishga majbur edi. Natijada g‘alaba qozonib, 2-1 hisobida oldinga o‘tib oldi.

Oxirgi partiyada o‘zbek grossmeysterini durang ham qanoatlantirar edi. 34-yurishga kelib yurishlar 3 marta takrorlangach, tomonlar durangga imzo chekishdi.

Oqibatda Abdusattorov birinchi setni 2,5 - 1,5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Bugun ham xuddi shunday tartibda ikkinchi set bahslar o‘tkaziladi.

Ikkinchi yarim final esa Fabiano Karuana va Magnus Karlsen o‘rtasida kechdi. 4 partiyadan so‘ng 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, "armageddon"da norvegiyalik shaxmatchining qo‘li baland keldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:35, 14.12.2023.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик