Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Manchester Siti" ham "Fulxem" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

"Manchester Siti" ham "Fulxem" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli portugaliyalik bilan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. "Manchester Siti" yanvar oyida Palinyani 50 million funtga sotib olishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyachining xizmatlariga “Liverpul” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.

Palinya 2022 yilning iyulida "Sporting"dan "Fulxem"ga o‘tgan. Transfer summasi 21 million yevroni tashkil etdi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portugaliyalik futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Palinya 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

17 turdan so‘ng "Fulxem" 21 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. "Manchester Siti" to‘rtinchi o‘rinda (34 ochko).

Kiritildi: 10:01, 18.12.2023.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.