Kirish Ro'yxatdan o'tish

Terzich: "Qishki ta’tilga hafsalamiz pir bo‘lgan holda chiqib ketmoqdamiz"

Terzich: "Qishki ta’tilga hafsalamiz pir bo‘lgan holda chiqib ketmoqdamiz"

Baho:
+ | -

Edin Terzich "Borussiya"ning so‘nggi o‘yinlaridan hafsalasi pir bo‘ldi.

Dortmundliklar bosh murabbiyi Bundesligada "Mayns" bilan durangdan keyin (1:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qora-sariqlarning g‘alabasiz seriyasi 6 uchrashuvgacha davom etdi.

“O‘yin shuni ko‘rsatdiki, birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik, to‘pga ko‘p ega bo‘ldik va pressingda juda samarali bo‘ldik. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.

Tanaffusga qadar gol o‘tkazib yuborib, ikkinchi bo‘lim boshida o‘zimiz emas edik, o‘ta passiv harakat qildik, raqib ko‘p qarshi hujumga o‘tdi va o‘zimizni himoya qilishga majbur bo‘ldik.

Qolaversa, Allerning jarohati tufayli ozchilikda qolgandik. Va shunga qaramay g‘alaba golini urishga yaqin edik. Qishki ta’tilga hafsalamiz pir bo‘lgan holda chiqib ketmoqdamiz", - dedi Terzich.

Kiritildi: 14:38, 20.12.2023.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.