Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Ignatiy Nesterov va Sanjar Tursunov 2 ta o‘yinga chetlatildi, «Navbahor» vise-prezidenti jarima to‘laydi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Ignatiy Nesterov va Sanjar Tursunov 2 ta o‘yinga chetlatildi, «Navbahor» vise-prezidenti jarima to‘laydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

“Navbahor” — “Neftchi”

Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Navbahor” futbol klubi futbolchisi I.Nesterov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga chiqqanligi hamda tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ignatiy Nesterovga (“Navbahor”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor” — “Neftchi”

Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvi davomida namanganliklar futbol klubi vise-prezidenti O.Samatov texnik zona hamda maydonga chiqib, provakasion harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Samatovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“OKMK” — “Nasaf”

Superliganing 26-turi doirasidagi “OKMK” — “Nasaf” uchrashuvining 83-daqiqasida olmaliqliklar futbol klubi futbolchisi S.Tursunov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sanjar Tursunovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“OKMK” — “Turon”

Superliganing 24-turi doirasidagi “OKMK” — “Turon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Turon” futbol klubi shifokori A.Sotiboldiyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Adhamjon Sotiboldiyevga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Navbahor”

Superliganing 25-turi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor” uchrashuvining 90+8-daqiqasida Namangan futbol klubi futbolchisi L.CHermel to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘lining tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Luka Chermelga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon” — “Andijon”

Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Turon” futbol klubining bosh murabbiyi YO.Nazarov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Yorqin Nazarovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon” — “Andijon”

Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvining 37-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi A.Aysarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Aysarovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:39, 20.12.2023.
O'qildi: 2161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик