"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden jamoaning o‘yini haqida gapirdi.
"So‘nggi paytlarda ishlar oson kechmayapti. Yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz, ammo kerakli natijaga erishmayapmiz. Ba’zan siz yengingizni shimib, hammasini qaytadan boshlashingiz kerak - o‘sha daqiqa keldi.
Yana ("Urava Reds"ga qarshi o‘yinda) g‘alaba qozonish yoqimli edi. Bu o‘yin menga eski "Manchester Siti"ni eslatdi. Biz to‘pni ko‘proq nazorat qilishimiz, imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishimiz kerak", - deya Fodenning so‘zlarini keltiradi City Zone.