Braziliyaning "Fluminense" klubi bosh murabbiyi Fernando Diniz "Manchester Siti" bilan bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvi haqida gapirdi.
"Biz dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynashimiz kerak, ammo bu fakt bizni g‘alaba orzu qilishimizga to‘sqinlik qilmasligi kerak. "Fluminense"ga kelganimdanoq shu daqiqani kutganman", - dedi Diniz.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi “Manchester Siti” – “Fluminense” uchrashuvi bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Libertadores kubogi finali bo‘lib o‘tgan va unda “Fluminense” qo‘shimcha bo‘limlarda “Boka Xuniors”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. "Fluminense" o‘z tarixida birinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.