Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

APL. Yetakchilar to‘qnashuvida "Liverpul" "Arsenal"ni sinovdan o‘tkazadi (prevyu)

APL. Yetakchilar to‘qnashuvida "Liverpul" "Arsenal"ni sinovdan o‘tkazadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun, 23 dekabr kuni "Arsenal" 18 turni o‘tkazish uchun "Enfild"ga tashrif buyuradi. "Liverpul" va "Arsenal" o‘rtasidagi bu bahs shunchaki 3 ochko uchun emas, balki yetakchilik uchun ham kechadi. Shunday ekan, bu o‘yin qadri 6 ochkoga teng deya bemalol ayta olamiz.
Mikel Arteta yaqindagina o‘zining London klubidagi 4 yillik yubileyini nishonlagan edi. Ispaniyalik mutaxassis bu davr mobaynida katta qiyinchiliklarni boshdan kechirib, "Arsenal"ni chempionlikka da’vogar klubga aylantira oldi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganimizda, bugungi g‘alaba, Arteta uchun chempionlikka qo‘yilgan katta qadamlardan biri bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuvning yana bir intrigali tomoni shundaki, "Arsenal" o‘n yildan beri "Enfild"da g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Aynan bu aspekt ham mehmonlarga yaxshigina motivasiya bo‘la oladi.

Jamoa sport formalari haqida

"Liverpul" bu o‘yinga qadar so‘nggi 5 bahsda mag‘lubiyatsiz kelmoqda. Mersisaydliklar yaqindagina o‘z uyida "Vest Xem"ni 5-1 hisobida tor-mor keltirgan edi. Ammo bu bahs kubok doirasida yuz bergan. Klopp jamoasi, endilikda bu dominantligini "Arsenal"ga qarshi ham ishga solishiga to‘g‘ri keladi.
"Arsenal" ayni o‘yinga qadar 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bilan yetib keldi. Bir mag‘lubiyat "Aston Villa" bilan bahsda yuz bergan edi.
Shuniyam ta’kidlash kerakki, "Arsenal" "Liverpul"ni "Enfild"da 2020 yilda yenggan. Faqat bu bahs ham kubokniki edi.

Jarohatlanganlar haqida

"Liverpul"da anchagina futbolchilar "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Masalan, yozda sotib olingan Aleksis Makallister jiddiy jarohat bilan uzoq muddatga safdan chiqqan. Qolaversa, Endryu Robertson, Stefan Baychetich va Tiago Alkantaralar ham ko‘pdan buyon maydonda emas. Diyegu Jota jarohatidan tiklanishga yaqin turgani aytilmoqda. Ammo "Arsenal" bilan bahs u uchun og‘irlik qiladi.
"Arsenal"dagi holatni ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Klub 6 tagacha futbolchisidan foydalana olmayapti. Ular ichida Elneni, Timber, Tomiyasu va Viyeyralar bor. Jorjinyo va Parti ham qatnasha olmaydiganlar ro‘yxatiga tushishi mumkin.

Kimlar porlashi haqida

Har ikki tomonning eng yorqin futbolchilari Martin Edegor va Dominik Soboslai bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, Edegor bu mavsumda ham yaxshi formada. U hozirga qadar 4 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.
Soboslai ham bo‘sh kelayotgani yo‘q. U "Vest Xem" bilan fantastik o‘yin o‘tkazdi.


Murabbiy fikrlari (qisqacha)

Klopp: "Bizga chorshanba kungi "Enfild"dan yana biri kerak bo‘ladi. "Vest Xem" bilan bo‘lgan o‘yinning atmosferasini shanba kuni ham ko‘rishni istayman. Bizga "MYU" bilan o‘yinda aynan shu narsa yetishmagan edi. Raqib kuchli. Ular hafta o‘rtasida dam olishdi. Shu sababli bizga qiyin bo‘ladi. Dekabrda o‘yinlar juda ko‘p. Shuning uchun har narsaga tayyor turishimiz kerak".
Arteta: "Biz to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni bilamiz. Arzimagan, ammo to‘g‘ri harakat bilan raqibdan katta bo‘shliq olib qo‘yish mumkin. Bu esa bizga yugurish uchun maydon beradi. Yigitlar jamoa sifatida to‘la shakllanib ulgurdi. Negaki, ular bir-birlari bilan ko‘proq vaqtni birga o‘tkazmoqda. Kay va Deklanga keladigan bo‘lsak, ular o‘ylaganimdan ko‘ra tezroq jamoaga moslashib oldi. Bundan xursandman".

Eslatib o‘tamiz, APLning 18 turidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Arsenal" bahsini 23 dekabr, soat 22:30dan boshlab Setanta Sports telekanali yoki internet-platformasida bepul tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 23.12.2023.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.