Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Rubin Xebay — "Andijon"ning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Rubin Xebay — "Andijon"ning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Andijon” matbuot xizmati jamoaning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisini ovoz berish yo‘li orqali aniqlashni maqsad qilgan edi.

Yaqinda dastlabki so‘rovnomani o‘tkazganimizdan xabaringiz bor. Unda bu yilgi mavsumda maydonga tushgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi va har bir pozisiyada eng ko‘p ovoz to‘plaganlari yakuniy hal qiluvchi so‘rovnomada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgandilar.

Shunga asosan darvozabon Igor Litovka, himoyachi Ildar Mamatkazin, yarim himoyachi Muhammadkarim Toirov va hujumchi Rubin Xebay “Andijon”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun ikkinchi bosqich so‘rovnomasida qatnashdilar.

Unga ko‘ra, ikkinchi, hal qiluvchi so‘rovnomada jamoaning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay eng ko‘p ovoz to‘pladi va “Andijon”ning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.  

Ta’kidlash kerakki, Xebay joriy yilgi mavsumda “Andijon” tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. U hammasi bo‘lib, “Burgutlar” safida 27 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi. Natijada jamoaning mutlaq to‘purariga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 3 ta golli uzatma ham bor.

Bundan tashqari, O‘zPFL tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan so‘rovnomaning yakuniy uchligidan ham Xebay o‘rin olgan va unda Superliganing ham eng yaxshi futbolchisi bo‘lish imkoniyati bor.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:19, 24.12.2023.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик