Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Sanjar Qodirqulov: «Neftchi»da chempionlik ruhiyati mavjud»

Sanjar Qodirqulov: «Neftchi»da chempionlik ruhiyati mavjud»

Baho:
+ | -

Yaqinda "Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Sanjar Qodirqulov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Avvalambor, Sanjar, sizni jamoamiz a’zosiga aylanganingiz bilan tabriklayman!
— Tabrigingiz uchun rahmat. Men ham O‘zbekistonning besh karra chempioni bo‘lgan jamoa a’zosi bo‘lganimdan juda ham xursandman!

— "Neftchi" klubiga o‘tishingiz haqida so‘zlab bersangiz?
— O‘tgan mavsumda O‘zbekiston Pro ligasi vakili "Lokomotiv" sharafini himoya qildim. Oldimizga esa Superligaga qaytish vazifasi qo‘yilgan edi. Bu rejani amalga oshirgach, yakunlangan mavsumdan so‘ng "Neftchi" jamoasi vakillari menga aloqaga chiqishdi va ular bilan ko‘rishdim. Aniq maqsad va rejalar haqida gaplashib olganimizdan so‘ng mening "Neftchi"ga o‘tishim oydinlashdi.

— Jamoaga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?
— Jamoaga moslashish juda yaxshi o‘tdi. Chunki, klub tarkibidagi ko‘plab futbolchilar bilan avval ham yo‘llarimiz kesishgan. Misol uchun, Anvar G‘ofurov va Sharof Muhitdinov bilan turli yoshdagi terma jamoalarimizda birga o‘ynaganmiz. Bundan tashqari Diyor Turopov va G‘ulom-Haydar Gulyamov bilan ham  ilgari birga to‘p surganmiz. Eng asosiysi, shuni tushunib yetdimki, klubda hamma bir-birlari bilan juda ahil va bir oiladek ekan. Shu holat menga manzur bo‘ldi.

— Xabaringiz bor, "Neftchi" Superliganing o‘tgan mavsumida  ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Shu hususida nima deya olasiz?
— Albatta imkoni boricha "Neftchi"ning o‘yinlarini kuzatib bordim. Aytib o‘tish joiz, ancha tartibli va tomoshabop o‘yinlarning guvohiga aylandim.Bundan tashqari, murabbiy falsafasi jamoa o‘yinlarida yaqqol sezildi. Futbolchilar maydonda murabbiy ko‘rsatmalarini aniq bajara olishga erishdilar. Ushbu omillar jamoani yuqori o‘rinlarda va uzoq vaqt mag‘lubiyatsiz yurishini ta’minladi. Shuningdek, O‘zPFL saytida yuqori o‘rinlarni egallagan besh jamoa ichida o‘zaro uchrashuvlardagi ko‘rsatkichi bejizga emasligi yaqqol ko‘rindi.SHu asnoda, Vitaliy Grigoryevich bejizga o‘tgan mavsumning eng yaxshi uch murabbiyi qatorida ko‘rilgani yo‘q. O‘tgan mavsumda haqiqatan ham bosh murabbiy taktik jihatdan ancha kuchli ko‘rinish oldi.

— Yig‘inlar davom etmoqda, mashg‘ulotlar haqida fikrlaringizni bilsak?
— Qishda mashg‘ulotlar qiyinroq o‘tishi tabiiy hol. Lekin, ushbu mashg‘ulotlar orqali yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

— Qachonlardir "Neftchi" jamoasi tarkibida o‘ynash haqida o‘ylaganmisiz?
— Azaldan Farg‘onada futbolni juda sevishadi. Adashmasam "Istiqlol" stadionidagi o‘yinlarga bu yil har bir o‘yinda o‘rtacha 12000 dan oshiq muxlislar tashrif buyurishdi. Hozirgi kunda respublikamizda bu a’lo darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi. Men qachondir stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshgan jamoada o‘ynash istagida edim va bu narsa xudo xohlasa Farg‘onada ro‘yobga chiqishi mumkin. Holbuki, "Neftchi" juda katta tarihga ega bo‘lgan klub. Men ham ushbu jamoaning bir bo‘lagiga aylanganim albatta yoqimli holat. Shuni aniq ayta olamanki, "Neftchi"da chempionlik ruhiyati mavjud.

— Tanlash imkoni berilganda qaysi raqamda harakat qilar edingiz?
— Imkoni bo‘lsa o‘zimga qadrli 17-raqamda harakat qilgan bo‘lar edim.

— Jamoamiz tarkibida yangi mavsum uchun qanday maqsad qo‘ydingiz?
— Nasib qilsa chempion bo‘lmoqchiman! Bu albatta yaxshi niyatlarimdan biridir.

— Farg‘onalik muxlislar haqida fikrlaringiz va tilaklaringiz?
— Farg‘onalik muxlislar bilan hali tanishib ulgurganim yo‘q. Xabarim bor, o‘tgan mavsumda"Neftchi" muxlislari Farg‘onada ham, safar uchrashuvlarida ham  jamoani ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buni TV orqali kuzatganimda ularning  hayqiriqlari eshitilib turar edi. Shunday ashaddiy va jonkuyar muxlislarni kelasi mavsumda g‘alabalar orqali xushnud qilishga harakat qilamiz.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:10, 24.12.2023.
O'qildi: 1583 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.