Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Bu parishonxotirlikmi yoki...?

Bu parishonxotirlikmi yoki...?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu hammani yana bir bora hayron qoldirdi.

Bu safar maydon emas, uning tashqarisida. Portugaliyalik yulduz yaqinda o‘zi bilan o‘ynagan futbolchilardan ramziy terma jamoa shakllantirdi. Biroq tarkibga germaniyalik Mesut Ozilni qo‘shmadi negadir. Vaholanki, ikki futbolchi «Real»da jami 39ta gol urgandi o‘zaro uzatmalar orqali.

Keyin arab diyorida to‘p surayotgan yana bir futbolchi - Karim Benzema ham o‘z tanlovini e’lon qildi. Eng qiziq tomoni, fransiyalik hujumchining orzu misoli jamoasida na Krishtianu Ronaldu bor va na Lionel Messi...

Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni tomon yuzlanganiga deyarli 1 yil bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz 38 yoshida ham chin yetakchi rolida! Deylik, hozirda nafaqat «Al-Nasr» klubi, balki butun Saudiya ligasi bosh to‘purari bo‘lib turibdi. Asosiysi, arablar aynan Krishni ko‘rish uchun stadionlarga talpilmoqdalar. Ronaldu yaqinda arab mediasi iltimosiga ko‘ra, faoliyati davomidagi eng yaxshi klubdoshlaridan alohida jamoa tuzdi. Natijada havas uyg‘otadigan tarkib yuzaga keldi. Darhaqiqat, o‘ta kuchli jamoa, ammo Ronalduning o‘z tarkibiga Kazemiro, Pepe va ayniqsa, Mesut Ozilni kiritmagani biroz g‘alatidek. Deylik, Mesut va Krishtianu «Real»da birga jami 39ta goldan xirmon yasashgandi. Taqqoslash uchun fakt: Ronaldu faoliyati davomida faqat Karim Benzema (76ta) va Garet Beyl (41ta) bilan bog‘lamda bundan ko‘proq golda ishtirok etgan.

Karim Benzemaning orzu jamoasida g‘alatilik jihati yanada kuchli. «Al-Ittihod» hujumchisi o‘z talqinidagi ramziy terma jamoa­ga uzoq yillik yaqin hamkori Krishtianu Ronalduni qo‘shmadi negadir. Shuningdek, Benzning ramziy 11taligida Lionel Messiga ham joy topilmadi. Qisqasi, Karim jamoa hujumida o‘ziga sherik sifatida braziliyalik Ronaldoni tanladi.

Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynaganlar ramziy terma jamoasi

Iker Kasilyas - Serxio Ramos, Rio Ferdinand, Jorjio Kyellini, Marselo - Pol Skoulz, Toni Kross, Luka Modrich - Garet Beyl, Karim Benzema, Ueyn Runi

Karim Benzema orzusidagi ramziy terma jamoa

Manuel Noyer - Dani Alvesh, Pepe, Serxio Ramos, Marselo - Klod Makelele, Pol Pog­ba, Zayniddin Zidan, Ronaldinyo - Ronaldo, Karim Benzema

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:39, 29.12.2023.
O'qildi: 1354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.