Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shaxmat. Samarqanddagi JCHda kecha mojaro yuz berdi (video)

Shaxmat. Samarqanddagi JCHda kecha mojaro yuz berdi (video)

Baho:
+ | -

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida kecha mojaro yuz berdi.

Blis bahslarining 11-turida rossiyalik ikki sportchi — Daniil Dubov va Yan Nepomnyashchiy o‘zaro to‘qnash kelishdi. Tomonlar 13-yurishda durangga kelishishdi (shaxmatda, agar tomonlar vaziyatni teng deya hisoblashsa, o‘zaro kelishgan holda durang qayd etilishi mumkin).

Ammo hakamlar vaziyatni tahlil qilishdi. Musobaqa bosh hakami Ivan Siroviy esa har ikki sportchiga mag‘lubiyat yozish haqida qaror chiqardi (durang uchun ularga berilgan 0,5 ochko bekor qilindi).

Shundan so‘ng shaxmatchilar appellyasiya berishdi. Appellyasiya komissiyasining uchala a’zosi ham bosh hakamning qarorini o‘z kuchida qoldirish haqida qaror chiqardi.

Quyida o‘yinni videosini tomosha qilishingiz mumkin: shaxmatchilar faqat ikkita ot bilan bir xil o‘ynashgan. Otlar maydonga chiqarildi va taxta bo‘ylab aylantirib, yana o‘z o‘rniga joylab qo‘yildi. 13-yurishdan keyin durangga kelishishdi.

Shaxmat qoidalarining 1-modda 11-qoidasida "Sportchilar shaxmat o‘yinining reputasiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hech qanday xatti-harakatlarni qilishi kerak emas", deb yozib qo‘yilgan.

Daniil Dubov o‘zining bu ishini musobaqa tashkilotchilari va hakamlariga norozilik ramzi ekani bilan izohladi:

"Odatda bunday partiyalar musobaqa tashkilotchilari harakati yoki hakamlar ishiga norozilik sifatida qilinadi.

Artemyevga qarshi o‘yinimda (8-tur) Vladislav bir yarim daqiqaga kechikdi (beyjiki yo‘qligi uchun uni o‘yin zaliga kiritishmagan). Bunday ustunlik bilan o‘ynashni men istamadim. Bir yarim daqiqa kutib, "bullet" o‘ynashni ham xohlamadim.

Men 2013 yildan beri o‘tkazib kelanayotgan barcha jahon chempionatlarida ishtirok etib kelyapman, faqat 2017 yilga turnirda qatnashmadim. Shuni aytishim mumkinki, bugungi kun, nazarimda, hakamlar ishi va tashkilotchilik borasida men ishtirok etgan turnirlar orasida eng yomoni bo‘ldi. Yan bilan partiyamiz debyutiga bu narsa o‘z ta’sirini o‘tkazdi".

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 09:50, 30.12.2023.
O'qildi: 5782 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик