La Liganing 19-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon pozisiyasidagi raqobat haqida gapirdi.
“Lunin yoki Kepa? Bilmayman, ko‘ramiz. Biz albatta ikkala darvozabondan foydalanamiz. Kepa keyingi o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazadi", - dedi Anchelotti.
Madrid klubi Ispaniya kubogi 1/16 doirasidagi navbatdagi o‘yinini "Arandana"ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.