Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Morataga Saudiyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda

Morataga Saudiyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Alvaro Morata Saudiya Arabistoni klublarining nishonida.

TodoFichajes nashrining xabar berishicha, 31 yoshli futbolchiga "Ash-SHabab", "Al-Hilol" va "Al-Ittihod" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu klublar qishki transferlar vaqtida Moratani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

"Atletiko" Moratani 30 million yevroga baholaydi, bu Saudiyaning boy klublari uchun muammo bo‘lmaydi. Biroq, Alvaro hozir "Atletiko"ning asosiy o‘yinchisi - joriy mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, forvard 17 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:55, 04.01.2024.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик