Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Osiyo kubogi-2023 oldidan terma jamoalarga oid raqamlar va faktlar

Osiyo kubogi-2023 oldidan terma jamoalarga oid raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Osiyo Kubogi musobaqasi 12 yanvar kuni start oladi. 24 ta terma jamoa Osiyo birinchiligi uchun kurash olib boradi. Musobaqa startidan oldin raqamlar va faktlarga nazar solamiz.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar

Musobaqa mezboni Qatar safida 175 ta o‘yin o‘tkazgan Hassan al-Haydos turnirdagi rekordchiga aylandi. “As-Sadd” hujumchisi faoliyati davomida 4 marta ushbu turnirda ishtirok etadi. 34 yoshli futbolchi bundan oldin 2011, 2015 va 2019 yillarda ham Qatar bilan birgalikda musobaqada ishtirok etgan.

Ikkinchi o‘rinni esa O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Hindiston terma jamoasi futbolchisi Sunil Chetri egalladi. Uning hisobida 145 ta o‘yin mavjud. Uchinchi o‘rinda esa Eron futbolchisi Ehson Hojisafi (132 ta o‘yin) joy olgan.

Eng yoshi kattalar

Qatar—2023 musobaqasida ro‘yxatdan o‘tgan 624 nafar futbolchi ichida Tailand a’zosi Sivarak Tedsungnoen eng qariya futbolchi hisoblanadi. Darvozabon 1984 yil 20 aprelda tavallud topgan. Musobaqa 12 yanvar kuni boshlanishini hisobga olsak, posbon 40 yoshda bo‘ladi.

Ikkinchi o‘rinda undan 4 oyga kichik hindistonlik Sunil Chetri qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni bahraynlik Savid Jafar (38 yosh) egallab turibdi.

Yosh yulduzlar

Iste’dodli futbolchilar Dohada ham o‘zini ko‘rsatishga tayyor. O‘sib borayotgan yulduzlar orasida Qirg‘iziston vakili Beknaz Almazbekovni (18 yosh 6 oylik) e’tirof etish mumkin. Shuningdek, iroqlik Montader Majed (18 yosh 4 oylik) va indoneziyalik Marselino Ferdinan (2004 yil 9-sentyabrda tug‘ilgan) eng yosh futbolchilar qatoridan joy olgan.

Albatta, bu borada O‘zbekiston safida Abbosbek Fayzullayev (2003 yil 3 oktyabr) va Abduqodir Husanovlar (2004 yil 29 fevral) ushbu turnirda o‘zini har tomonlama ko‘rsatishiga umid qilamiz.

Nagatomo rekordini yangilash

Yaponiyalik futbolchi Yuto Nagatomo Osiyo Kubogida 16 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, terma jamoa bilan birgalikda 2011 yilda chempion bo‘lgan, 2019 yilda esa kumush medal sohibiga aylangan. Uning eng yaqin ta’qibchilari Janubiy Koreya vakili Son Hyon Min va BAA futbolchisi Ali Mabhut hisoblanadi. Ikkala futbolchi ham turnirda 12 tadan o‘yin o‘tkazgan.

Keyingi o‘rinlardan esa Met Rayan (Avstraliya), Chjan Linpeng (Xitoy) hamda Ehson Hojisafi (Eron) joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:00, 05.01.2024.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик