Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Superligada maydon parvarishi uchun texnikasi yo‘q klublar ro‘yxati e’lon qilindi

Superligada maydon parvarishi uchun texnikasi yo‘q klublar ro‘yxati e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan stadionlar o‘rganilgani haqida yozilgandi.

Superliga maydonlari Liga tomonidan to‘liq tekshirib chiqildi

Liga so‘nggi uch yilda maydonning drenaj va sug‘orish tizimi, shuningdek, maysasiga talablarni kuchaytirib bordi. Soha mutaxassislariga ko‘ra, maydon to‘g‘ri parvarish qilinsa, drenaj tizimi 20 yil davomida, maysa esa 4 marta ko‘proq vaqt davomida futbol uchrashuvlari uchun chidab berishi mumkin. Buning uchun albatta maydon parvarishi uchun zarur texnika talab etiladi.

Maysaning butun maydon bo‘ylab qoplanganligi darajasi kimda qanday?

Futbol klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlarni monitoring qilish yo‘riqnomasida maydon parvarishi uchun eng zarur bo‘lgan 7 ta texnika sanab o‘tilgan. Bunday texnika faqatgina "Paxtakor" va "Bunyodkor" stadionlarida to‘liq mavjud. "Istiqlol", "Qarshi Markaziy", OKMK, "Lokomotiv", "Yoshlar SM" stadionlarida talab qilingan texnikaning 5 turi mavjud.

Biroq "Bobur arena", "Jar", "Buxoro SM", "Dinamo", "Metallurg", "Surxon" kabi stadionlar hozirga qadar maydon parvarishi uchun texnika sotib olmagan. Mazkur holat maydonlarni yaxshi holatda saqlab turishga to‘sqinlik qiladi. "Bobur arena" hamda "Jar" maydonlarini yangilagan korxona 2023 yilgi mavsum yakunigacha xizmat ko‘rsatishni to‘liq zimmasiga olgandi. Biroq 2024 yilda holat qanday bo‘lishi ma’lum emas.

"Buxoro SM" hamda "Metallurg" stadionlariga texnika xarid qilish masalasida Liga har ikki klub rahbariyati bilan bir necha bor fikr almashgan. Biroq tomonlar o‘z va’dasida turmadi. Oqibatda, "Metallurg" stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan chetlashtirildi. "Buxoro SM" maydoni esa, afsuski, O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tgan holatdan ancha yomonlashgan.

Sanab o‘tilgan stadionlardan "Surxon"da qurilish ishlari davom etmoqda. Klub rahbariyati uning yakuniga ko‘ra maydon parvarishi uchun texnika xarid qilishga va’da bergan. "Dinamo" stadioni maydonini esa yangilash ishlari boshlangan. Ishonamizki, uning yakuniga ko‘ra maydon parvarishi uchun zarur texnika xarid qilinadi.



Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 07 apreldagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli qarorining 15-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasi qirq birinchi qismiga asosan maydon uchun zarur texnikani sotib olish yuzasidan qator imtiyozlar taqdim etilgan. Biroq ayrim futbol klublarida legioner futbolchi uchun topilayotgan mablag‘, eng kerakli vositalarni xarid qilish uchun yetmayapti. Liga va Assosiasiya mavjud vaziyatni tartibga solish ustida ishlamoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:07, 05.01.2024.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.