Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

The Sun Sport nashri versiyasiga ko‘ra APLning yosh va yorqin futbolchilari nomi e’lon qilindi

The Sun Sport nashri versiyasiga ko‘ra APLning yosh va yorqin futbolchilari nomi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Maykl Olise – "Kristal Pelas"

Olise raqib himoyasini yorib o‘tish borasida juda yaxshi natijaga ega. Uning qanotidan bo‘ladigan hujumlar odatda omadli yakun topadi. Arsen Venger 22 yoshli vingerni bundan besh yil ilgari maqtagan edi. Shu narsa ham ko‘rsatib turibdiki, Olise ajoyib futbolchi. Bu mavsum jarohatlardan qiynalayotganiga qaramay, u 5 ta gol va 1 ta assistni 9 ta bahsda amalga oshira oldi.

Koul Palmer – "Chelsi"

Palmer nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda ham kamdan-kam duch kelinadigan fenomenlardan biridir. Palmer yozda 42.5 million funt evaziga "Manchester Siti" akademiyasini tark etgandi. "Chelsi" unga to‘langan mablag‘larga achinmasa ham bo‘ladi. Negaki, u ishonchni oqlamoqda. Yaqin yillar ichida Palmer APL yuziga aylansa, ajab emas.

Levi Kolvill – "Chelsi"

Kolvill 20 yoshda. Ammo u allaqachon nimalarga qodir ekanini isbotlay olgan futbolchi. Yoshiga qaramasdan u "Chelsi" va Angliya terma jamoasida birdek mavqeiga erisha oldi. Kolvill o‘tgan yozda Angliya yoshlari bilan Yevropa chempioniga aylangan edi. U ham tez orada APLdagi eng yaxshi himoyachiga bӯla oladi.

Rasmus Xyoylunn – "MYU"

Balki Xyoylunn yoshdir. Ammo uning aybi sababli "MYU" yomon natija qayd etayotgani yo‘q. Aksincha, jamoaning yomonligi 20 yoshli hujumchiga ta’sir o‘tkazmoqda. U yarim mavsum davomida bittagina golga mualliflik qildi. Ammo hammasi oldinda. Fakt shuki, daniyalik futbolchi raqiblarga katta muammo tug‘dira olish qobiliyatiga ega. Xyoylunn tezkor, mas’uliyatli, texnikali va zo‘r yakunlovchi. Yagona yetishmayotgan narsa bu tajriba bo‘lsa kerak. Bu esa vaqt bilan keladi.

Xarvi Elliott – "Liverpul"

20 yoshli yarim himoyachi Klopp qo‘l-ostida yaxshigina o‘sa oldi. U doimo talab etilgan paytlarda kuchli o‘yin ko‘rsatib kelgan. Elliott Yevropa sahnida ham yaxshi daraja namoyish etmoqda. Masalan, u anchadan beri 21 yoshlilar terma jamoasiga sardorlik qilib keladi. Yaqin davr ichida "Liverpul" Xarvi sababli katta natijalarga erisha boshlaydi. Bunga shubha yo‘q. Muhammad Saloh Elliottni juda yuqori baholagan edi.

Kobbi Meynu – "MYU"

18 yosh. Atigi 18 yosh bo‘lishiga qaramay, qiynalayotgan va tund o‘yin ko‘rsatayotgan "qizil iblislar" safidagi yagona alanga bu Meynu edi. Afsuski, mavsum avvalidagi jarohat uni zaxiraga mixlab qo‘ydi. Aks holda, Kobbi allaqachon Erik ten Xagning asosiy tarkibidan o‘rin olgan bo‘lardi. Qaytishi bilanoq, u bir necha bor o‘zining nimalarga qodir ekanini isbot eta oldi.

 

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:02, 06.01.2024.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.