Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Vaske: "Jeydonni ijaraga olmoqchimiz"

Vaske: "Jeydonni ijaraga olmoqchimiz"

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vaske "Manchester Yunayted"dan Jeydon Sanchoning transferi bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, "asalarilar" 2022 yilning yozida "Old Trafford"ga 80 million yevroga sotib yuborilgan 23 yoshli angliyalik vingerni qaytarib olmoqchi.

"To‘g‘ri, biz "Manchester Yunayted" bilan Sanchoning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz.

Biz Jeydonni ijaraga olmoqchimiz, bu hech kimga sir emas. Biroq, biz kelishuvni hali rasman e’lon qila olmaymiz", - deya Vaskening so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted" Sanchoning ijarasiga sotib olish variantini kiritmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 19:24, 08.01.2024.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик