Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Chempion bo‘lishni istagan jamoa Odil Hamrobekov bilan shartnoma imzolashi kerakmi?

Chempion bo‘lishni istagan jamoa Odil Hamrobekov bilan shartnoma imzolashi kerakmi?

Baho:
+ | -

Shaxsiy fikrimcha, kim Odil Hamrobekovni qo‘lga kiritsa, o‘sha jamoa chempionlik uchun eng katta qadamni tashlagan bo‘ladi.

O‘tgan yili "Paxtakor"da shu o‘yinchi hisobiga boshqalardan ustunligi bor edi. Hozir Odil o‘z pozisiyasida eng zo‘ri. Qilayotgan ish hajmi, to‘pni olib qo‘yish, himoyadan chiqishda o‘zini taklif qilish va eng asosiyi uning maydondagi yugurish diapazoni juda katta. Ya’ni ayrim o‘yinchilar 10 metr u yerga, 10 metr bu yerga bo‘lgan masofada ish hajmni bajarsa, Odilniki o‘z jamoasi jarima maydoni va raqib jamoasi jarima maydoni o‘rtasida. Zamonaviy futbolda "box to box" deyishadi bunday futbolchilarni.

Buni boshqa jamoalar murabbiylari ham bilishyapti. Shuning uchun uni qo‘lga kiritish uchun bir-a to‘la "Neftchi", "Navbahor" va "Nasaf" kurashyapti.

"Navbahor" asosiy e’tiborni yoshlarga qaratamiz, degani bilan o‘yinni qurish va shu bilan birga natijani yo‘qotmaslik va yosh o‘yinchilar top-darajadagi o‘yinchilar bo‘lib yetishishi uchun jamoa o‘yinini  Odil va unga o‘xshagan mahorati bor o‘yinchilar atrofida quradi.

Shunda yosh o‘yinchilar ham kelajakda top-o‘yinchilar bo‘lib yetishishadi, yoshlar va klassi bor o‘yinchilar bilan natija uchun ham  kurash davom etaveradi.

Faqat yoshlarni o‘zini o‘ynatish oddiy  o‘rtamiyona yoshlarni tarbiyalashga olib keladi. Buni Babayan yaxshi biladi. O‘z vaqtida "Paxtakor"da yuqoridagi usulda ishlagan va natijada Iskandarov va Masharipov kabi o‘yinchilar yetishib chiqqan.

Shuning uchun ham "Navbahor", kerak bo‘lsa, "Paxtakor"dan-da ko‘p pul berib bo‘lsa ham Odilni qo‘lga kiritishga harakat qilyapti.

Boshqa jamoalar olayotgan o‘yinchilarni hurmat qilgan holda hali biror bir jamoa o‘yini bilan ham, o‘zini tutishi bilan ham lider bo‘lib jamoani tortadigan o‘yinchi olmadi deb o‘ylayman.

Odil "Navbahor"ga va’da bergani bilan hali kontraktga qo‘l qo‘ymagani uchun uni "Navbahor"ga aniq o‘tadi, deyishga ham shoshilmasa bo‘ladi. Futbolda  har narsa bo‘lishi mumkin.

Ravshan Salimov.

Manba: @salimov_futbol
Kiritildi: 21:43, 10.01.2024.
O'qildi: 4047 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик