Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Traorega "Napoli" da’vogar

Traorega "Napoli" da’vogar

Baho:
+ | -

"Napoli" "Bornmut" yarim himoyachisi Hamid Traoreni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, parfenopiyaliklar ivuarlik bilan tezroq shartnoma imzolamoqchi. "Napoli" bosh murabbiyi Valter Massarri futbolchining taktik moslashuvchanligini va italyan futbolini bilishini yuqori baholaydi (futbolchi avvalroq "Sassuolo"da o‘ynagan). Qayd etilishicha, 23 yoshli yarim himoyachiga "Milan" va "Roma" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Traore bir yildan beri "Bornmut"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda "giloslar" safida bor yo‘g‘i oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 19:15, 11.01.2024.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик