Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Samardjich uchun kurashga yana bir italyan klubi qo‘shildi

Samardjich uchun kurashga yana bir italyan klubi qo‘shildi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi "Napoli" qiziqish bildirayotgan "Udineze" yarim himoyachisi Lazar Samardjich uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Futbolchining o‘zi qishda “Udineze”ni tark etmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik yarim himoyachi "Yuventus"ning ba’zi futbolchilari bilan gaplashgan va Turin klubiga o‘tishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Udineze" va "Napoli" Samardjich transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda Lazar Italiya A seriyasida “Udineze” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 19:24, 11.01.2024.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик