Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Katanes hujumda kimni o‘ynatgani yaxshiroq?

Katanes hujumda kimni o‘ynatgani yaxshiroq?

Baho:
+ | -

Kecha "terma jamoa hujum chizig‘ida kimni ko‘rishni xohlardingiz?" deb o‘tkazgan so‘rovnomamizda Igor Sergeev va Oston Urunov deyarli bir xil natija qayd etishdi.  Durang desa ham bo‘ladi.

Keling, hujumchilarimizni ustun tomonlarini sanab o‘tishga harakat qilamiz.

Igor Sergeev

Igorning eng katta ustunlik tomoni bu uning juda katta hajmda ish bajarishi bo‘lsa kerak. Doim harakatda. To‘p raqibda bo‘lganda himoyachilarga bosim qilish, orqaroqqa tushib to‘p uchun kurashish,  zonalarni yopish. Yana bir ustunligi to‘p uchun doim kurashadi. To‘pni ushlab turishi boshqa hujumchilarimizga qaraganda nisbatan yaxshiroq. Yana bir tomoni atletik tarafdan baquvvat. Bu himoyachilar bilan kurashda foyda beradi. Bosh bilan ham yaxshiroq o‘ynaydi.

Oston O‘runov

Ostonning eng katta ustun tomoni bu tezlik va dribling bo‘lsa kerak.  Qo‘shimchasiga tezlikda ham dribling ishlatib qochib keta oladi.

Oston asli markaziy hujumchi emas. Lekin¸ Shomurodov jarohat olganidan so‘ng markazda foydalanilsa kerak. Yoki vaziyatga qarab qanotda ham o‘ynayveradi.

Shuningdek, qanotdan qochib ketib sheriklariga to‘p yetkazib berishi ham joyida. Ijrochilik mahorati ham joyida. Qiyin vaziyatda to‘pni qanday darvozaga yo‘llashni yoki yetkazib berishni yaxshi biladi. Qo‘shimchasiga baquvvat.

Terma jamoamiz qarshi hujumda o‘ynasa Katanes aynan undan foydalansa kerak.

Bobur Abduxoliqov

Boburning oxirgi payt eng katta ustun tomoni bu yarimta vaziyatdan ham gol ura olishi bo‘lyapti. Unga yarimta vaziyatga imkon bering, o‘sha vaziyatdan gol urib keta oladi. Meksika bilan o‘yinga o‘xshab o‘yin davomida unchalik ko‘rinmay turib bitta vaziyatdan gol urib keta olishi mumkin. Bu qolgan sheriklariga nisbatan uning ustunroq tomoni.

Gol ura olish, golni sezish qobiliyati juda yuqori. Jarima maydoni ichida hujumchilarga xos qayerda turish kerakligini, to‘p qayerga kelishi mumkinligini seza oladi.

Tezligi ham joyida. Gavda va bo‘y jihatidan sheriklariga yutqazgani uchun ko‘pchilik uni imkoniyati past baholagan ko‘rinadi. Nimagadir Katanes undan yashirin qurol sifatida foydalansa kerak deb o‘ylayman. Ayniqsa, gol ura olmayatgan vaziyatlarda.

O‘yinchilarni kamchiliklarini sanab o‘tirmadim. Turnirdan oldin negativlarni ortga surib, terma jamoamizni qo‘llab quvvatlaymiz.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 10:26, 13.01.2024.
O'qildi: 5567 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.