Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Terma jamoa menejeri o‘yin paytida xushyor bo‘lishi kerak

Terma jamoa menejeri o‘yin paytida xushyor bo‘lishi kerak

Baho:
+ | -

Terma jamoada jamoa menejeri kim bilmadimu, lekin o‘yinlar vaqtida xushyor bo‘lib turishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

O‘zimning esimda qolgan ikkita vaziyatni aytib o‘taman.

1. "Paxtakor" OCHLda bir jamoa bilan o‘ynayotgan edi (jamoa va qaysi davlatdan ekanligini aytmay qo‘ya qolaman). Raqib jamoa juda shallaqi jamoa edi. Har bir vaziyatda baqir chaqir qilib, arzimagan narsaga ham o‘lib qolgandak yotib oladigan, o‘yinchi-yu murabbiylar esa hakamga bosim o‘tkazadigan jamoa edi.

Eng yomoni hakam raqib bosimiga uchrab ularga yon bosishni boshladi. Har bir vaziyat raqib jamoa foydasi hushtak chalish bilan tugayotgan edi. To‘rtinchi hakamni oldiga borib "vaziyatni ko‘ryapsanmi?  Hakam narigi jamoa bosimiga dosh bera olmay ularga yon bosishga tushib ketyapti" dedim. To‘rtinchi hakam ham bu narsaga ahamiyat bergan ekan. "Ha ko‘ryapman. Tanaffusda gaplashaman u bilan. Tushuntiraman. Xavotir olma" dedi.

Tanaffus bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim ham boshlandi. Hakam haqiqatan o‘zgardi. Raqib jamoa qancha shallaqilik qilmasin, bosim o‘tkazmasin hakam umuman e’tibor bermay qo‘ydi. Shallaqilik foyda bermaganini ko‘rgan raqib bu ayyorligini ancha kamaytirdi. "Paxtakor" o‘sha o‘yin g‘alaba qozondi.

2. Yana OCHLdagi o‘yin. Hakam qandaydir xato qildi. Murabbiyimiz unga nimadir deb qo‘ydi. Hakam qizil beraman deb yugurib keldi. Cho‘nchagidan qizilni olishga qo‘l uzatayotgan edi. Yugurib chiqdimda "iii to‘xta to‘xta, unaqa qilma, jahlda og‘zidan chiqib ketdi. Asabiylashishda bo‘ladi-ku bilasan-ku" dedim. Hakam murabbiydan men bilan gaplashishga o‘tib ketdi. Men murabbiyni zaxira o‘rindig‘iga jo‘natib yubordim. Hakam bilan ozgina gaplashgandan keyin hakam menga zahrini socha socha qizil bermay ketdi.

Bunday olib qarasa arzimagan narsalar, lekin foydasi tegadigan narsalar. Birinchi vaziyat hatto hisobga ham ta’sir qiladigan vaziyat edi.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 11:46, 16.01.2024.
O'qildi: 1741 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.