Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Saloh - salohiyat timsoli

Saloh - salohiyat timsoli

Baho:
+ | -

31 yoshni urib qo‘ygan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh hamon eng sermahsul snayperlar safida.

Joriy mavsumning 20ta o‘yinida u 14ta gol va 7ta assistni amalga oshirdi. Muxlislar uning shartnoma muddatini uzaytirishni talab qilishmoqda, klubda esa bunga monelik qiladigan qoida bor - yoshi 30dan o‘tgan futbolchilar bilan qimmat va uzoq muddatli kelishuvlar tuzilmaydi. Lekin Yurgen Kloppda qoidaga zid ish yuritish uchun ishonchli asos bor. Bu - Muhammadning hayratlanarli darajadagi jismoniy holati.

«U endi faxriy futbolchi. Lekin fakt bo‘yicha hali juda navqiron. Muhimi, yuksak sport formasida. Agar uning organizmi sinchkovlik bilan tekshirilsa, 19-20 yoshli yigitning natijasini beradi. Chunki Mo doimo yuksak sport formasida yuradi», - degandi murabbiy oktyabr oxirida. Kloppning e’tirofi haqiqatdan yiroq emas: Salohning salomatligi hayratlanadigan darajada.

Salohda shikastlanishlar yo‘q hisobida. Faoliyatida atigi 3ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan

O‘ta ajablanarli fakt: «Liverpul»dagi faoliyati davomida Saloh biror marta jiddiy jarohatga duch kelmagan. Umumiy natija: «Liverpul»dagi olti yarim mavsumda misrlik hujumchi 3ta o‘yinda maydonga tushmagan. Afrika Kubogi turniri tufayli esa klubning turli musobaqalardagi 6ta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan. Mazkur ma’lumotlar faqat rasman tasdiqlangan jarohatlarni hisobga oladigan «Transfermarkt»dan olingan. Biroq shunda ham Salohning ko‘rsatkichlar o‘ta yuqori: Liverpuldagi davrida hujumchi APLning 240ta uchrashuvidan 233tasida, buning 220tasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan. Kloppning qariyb barcha o‘yinchilari tez-tez jarohat olib turadigan jamoada faqat Saloh doimo sog‘-salomat!

Hatto yakkayu-yagona jarohati ham jarrohlik amaliyotisiz bartaraf etildi. Barcha shikastlanishlar - raqiblar «hadyalari»

— 2018 yildagi yelka jarohati - Ramosning qasddan uyushtirgan qo‘polligi tufayli «Real»ning g‘olibligi bilan tugagan YECHL finalini ko‘pchilik unutmaganligi aniq. O‘sha oqshom maydonni barvaqt tark etishga majbur bo‘lgan Muhammad rekord darajasidagi tezlikda oyoqqa turgan va Misr terma jamoasi uchun Rossiya mundialida gol urgandi. Vaholanki, o‘shanda u sport formasini tiklashga ulgurmagandi.

— 2018 yildagi jarohatda belidagi shikastlanish jiddiy emasdi. Terma jamoadagi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va «Xaddersfild»ga g‘alaba keltiruvchi golini urdi. Ke­yin APLdagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi, faqat bir marta zaxiradan tushdi.

— 2019 yildagi miya chayqalishiga «Nyukasl»ga qarshi bahsda bir necha raqib o‘yinchilari qurshovida qolgani tufayli duch keldi. Oldinda «Barselona»ga qarshi YECHLning yarim finali kutayotgandi. Ikki kundan keyin Klopp hujumchi o‘zini yaxshi his etayotganligini aytgandi. Biroq shifokorlar ruxsat berishmadi. Shu bois, Saloh «Enfild»da ko‘tarinki kayfiyatda o‘tirdi va ko‘pchilik qatori jamoadoshlari bilan finalni nishonladi.

— 2019 yildagi boldir jarohati - «Lester» vakili Hamza Chaddurining qo‘polligi «mevasi». Muhammad ma’lum muddatga og‘riq bilan to‘p surdi. Klopp jarrohlik araashuvidan xavotir olgandi, amalda uqalash va terapiyaning o‘zi kifoya qildi. Aynan shu mavsumda Muhammad o‘z faoliyatidagi rekord progulga yo‘l qo‘ydi - 3ta o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

— 2020 yildagi koronavirus - bunisi barchaga ma’lum.

«Liverpul»da Saloh umuman sinmaydi - hatto boshqalar faqat jarrohlik amaliyoti yordamida tuzatish mumkin bo‘lgan jarohatlarda ham. Eng qizig‘i, hujumchi Angliyaga kelishidan avval ham bor-yo‘g‘i 15ta o‘yinda maydonga tusha olmagan - eng ko‘pi (9) «Roma»da boldir suyagidagi jarohatlar tufayli.

Nima uchun Saloh sinmaydi? Fishkalari - zaldagi mashg‘ulotlar va qat’iy parhez

Ehtimol, Yaratgan Muhammadga mukammal vujudni hadya etgandir, biroq futbolchi uni asrab-avaylash uchun tinim bilmay ishlaydi. Ya’ni, zalda juda ko‘p shug‘ullanadi va qat’iy parhezga rioya qiladi. Natija - organizm ortiqcha moylardan xoli.

Liverpulga kelishidan avval Saloh maxsus nutrisiolog (ichki a’zolar mutaxassisi) bilan hamkorlik qilgan, «qizillar» safidagi debyut mavsumida esa, parhezga jiddiy e’tibor qaratishini aytgandi: «Ovqatlanish juda muhim ahamiyatga ega, o‘yinning bir qismi. U menga tez tiklanib olishimda, yaxshi uxlashda yordam beradi. Badanim esa yuklamalarga tez moslashadi. Nutrisiolog menga istagan taomni iste’mol qilish mumkinligini aytgandi - lekin menda biribir, ortiqcha moy yo‘q. Shuningdek, men umuman ichmayman - bu ham muhim jihat».

Biroq misrlik hujumchi har qanday vaziyatda ham parhez qoidalaridan chetga chiqmaydi. The Sun nashrida chop etilgan rasion quyidagicha:

- Nonushta - sut bilan obinon, agar bu yetarli bo‘lmasa, mevalardan iste’mol qiladi;

- Tushlik - yasmiq, sabzavotlar, non, tovuq go‘shti, yogurt;

- Kechki taom - sho‘rva, salat, sabzavotlar, yana qandaydir yengil ozuqalar. Masalan, losos go‘shti.

Muhammad - musulmon: spirtli ichimliklarga yaqinlashmaydi, ramazon oyi amallariga rioya qiladi. O‘zi bu haqda buni tasdiqlagan bo‘lmasada, Klopp shogirdlarining diniy udumlarga rioya qilishlarini aytgandi. Ramazon kunlarida Muhammad tunda mashqlar bilan shug‘ullanadi. Natijalarni inobatga olganda, tungi mashg‘ulotlar yaxshi samara bermoqda - ramazon kunlarida ham sermahsullik pasaygan emas.

Qisqasi, Jeyms Milner jamoani tark etgach, aynan Muhammad Saloh yosh futbolchilar uchun namuna bo‘ladigan yuksak salohiyat timsoli bo‘lib qoldi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:16, 18.01.2024.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.