Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Tottenxem" futbolchisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin

"Tottenxem" futbolchisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Tottenxem" vingeri Brayan Xil joriy qishki transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Estadio Deportivo nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli hujumkor futbolchining xizmatlariga "Sevilya" va "Real Sosyedad" klublari qiziqish bildirmoqda. "Tottenxem" ispaniyalik futbolchini sotishdan kamida 10 million yevro ishlab olmoqchi.

Xil 2021 yildan beri "Tottenxem"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda vinger “shporlar” safida barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va bu o‘yinlarda samarasiz bo‘ldi. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 16 million yevroni tashkil qiladi.

Oldinroq "Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilonning "Brentford"ga o‘tishi ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 14:35, 18.01.2024.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик