Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ispaniya kubogi. «Atletiko» Superkubokdagi mag‘lubiyat uchun «Real»dan revansh oldi

Ispaniya kubogi. «Atletiko» Superkubokdagi mag‘lubiyat uchun «Real»dan revansh oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichida «Atletiko» va «Real» klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolganidan xabaringiz bor. «Metropolitano»da bo‘lib o‘tgan o‘yin, xuddi Ispaniya superkubogida bo‘lgani kabi, dramatik tarzda o‘tdi.

Bahsning 39-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Samuel Lino hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymning ilk daqiqasida «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

57-daqiqada esa forvard Alvaro Morata darvolzabon Andrey Luninning xatosidan foydalanib, «matrachsilar»ni oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Xoselu hisobni tenglashtirdi. Natijada jamoalar ekstra-taymlarda o‘yinni davom ettirishdi.

100-daqiqada esa Antuan Grizmann ajoyib yurishni amalga oshirib, "Atletiko"ni yana oldinga olib chiqdi. Qo‘shimcha bo‘limlar  tugashiga 1 daqiqa qolgani Rodrigo Rikelme mezbonlarning to‘rtinchi golini urib, o‘yin  taqdirini hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya superkubogi yarim finalida asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgan bo‘lib, qo‘shimcha bo‘limlarda "Real" ikkita gol urgandi. "Qirollik klubi" Ispaniya kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa safar sovrinni boshqa klubga topshiradigan bo‘ldi.

Ispaniya kubogi, nimchorak final
Atletiko – Real Madrid 4:2 (1:1, 1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Lino, 1:1 – 45, avtogol Oblak, 2:1 – 57 Morata, 2:2 – 82 Xoselu, 3:2 – 100 Grizmann, 4:2 – 119 Rikelme.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Ermoso, Vitsel, Lyorente (Barrios, 98), Koke, Saul (Molina, 56), De Pol (Aspilikueta, 105; Savich, 116), Grizmann, Morata (Depay, 98), Lino (Rikelme, 90).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho (Fran Garsiya, 105), Ryudiger, Mendi (Braim Dias, 66), Modrich (Kroos, 66), Valverde (Tchuameni, 73), Kamavinga (Sebalyos, 105), Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 80).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (45), Kamavinga (56), Morata (58), Braim Dias (68), Ermoso (68), De Pol (78), Koke (80), Simeone (83), Tchuameni (85), Bellingem (87), Karvaxal (89), Grizmann (101), Vitsel (113).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:45, 19.01.2024.
O'qildi: 4216 marta.
Fikrlar: 68 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.