Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

Aspilikueta uzoq vaqtga safdan chiqdi

Aspilikueta uzoq vaqtga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Sesar Aspilikueta “Real”ga qarshi derbida jiddiy jarohat oldi.

34 yoshli futbolchi Ispaniya kubogi 1/8 finalida (4:2) qo‘shimcha taymlarida maydonga tushdi, biroq o‘yinni yakuniga yetkaza olmadi. 116-daqiqada u jarohat tufayli almashtirildi. “Matraschilar” matbuot xizmati xabar berishicha, Aspilikuetaga meniskus yirtilgani tashxisi qo‘yilgan. Shu tariqa, Diario AS xabariga ko‘ra, Diyego Simeone yaqin ikki-uch oy ichida tajribali futbolchidan foydalana olmaydi. Klub yaqin orada futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerakmi yoki yo‘qmi, hal qiladi.

Sesar Aspilikueta o‘tgan iyul oyida "Chelsi"dan "Atletiko"ga o‘tgan edi. Himoyachi madridliklar safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 09:14, 20.01.2024.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик