"Manchester Siti" yarim himoyachi Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Ingliz OAVlarining yozishicha, Saudiya klublari kelasi yozda belgiyalik yulduzni o‘ziga tortishga harakat qiladi, albatta, "Manchester Siti" buni istamaydi. Mirror xabariga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati De Bryuynega 2026 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi Saudiya Arabistoniga o‘tsa, haftasiga 1 million yevrodan ko‘proq maosh olishi mumkin.
Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"da 2015 yilning avgustidan buyon o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.