Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real» «Jirona»da o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini kuzatmoqda

«Real» «Jirona»da o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

"Real" "Man Siti"dan ijaraga olingan "Jirona" o‘ng qanot himoyachisi Yan Koutoga qiziqish bildirmoqda.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Madrid hozirda himoyaning markaziy va chap qanotida o‘ynaydigan o‘yinchilarga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, biroq boshqa qiziqarli futbolchilarga ham e’tibor qaratmoqda. Koutoning "Jirona"dagi o‘yinlari "Real Madrid" e’tiborini tortdi. Madridliklar u o‘n yil davomida bu pozisiyada o‘ynay olishiga ishonadi.

Hozircha "Real" oktyabr oyida Braziliya terma jamoasida debyut qilgan 21 yoshli futbolchi haqida faqat ma’lumot to‘plagan.

Kouto - "Real Madrid" ko‘z tikayotgan ko‘plab futbolchilardan biri. Madridliklar ro‘yxatidan Leni Yoro ("Lill"), Antoniu Silva ("Benfika") va Gonsalu Inasiu ("Sporting") ham bor.

"Real Madrid"ning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Lukas Vaskes bilan kelishuv hali uzaytirilmagan, ammo bu amalga oshishi kutilmoqda. Uning yangi shartnomasi bir yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.

"Jirona" "Manchester Siti"dan Koutoni ijaraga oldi. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Kouto “Jirona” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:04, 21.01.2024.
O'qildi: 3450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик