Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Vadim Abramov: «Hozir natija muhim emas, aynan kuchli raqiblar bilan o‘yin jamoamiz foydasiga ishlaydi»

Vadim Abramov: «Hozir natija muhim emas, aynan kuchli raqiblar bilan o‘yin jamoamiz foydasiga ishlaydi»

Baho:
+ | -

Abu-Dabida o‘tgan «Zenit» va «Dinamo» o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Xorijda yig‘in o‘tkazayotganimizni sabablaridan biri ham shu – kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish va tayyorgarlik doirasida jamoamizning kamchiliklarini ko‘rib olish. «Zenit» kuchli jamoa ekanini bilardik, ularga qarshi o‘yin har qanday natijaga qaramay, jamoamiz foydasi uchun ishlaydi. Shunga qaramay, raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar buncha gol o‘tkazib yuborish mumkin emas. Biz jamoa yig‘ishning yakuniy bosqichidamiz, «Zenit»dek kuchli klublar esa muammolarimizni ko‘rsatib bera oladi.

Abu-Dabiga kelib nega aynan kuchli raqiblar bilan o‘ynayapmiz? Chunki hozirgi tayyorgarlik bosqichida natija muhim emas, o‘yinchilarni sekin-asta tayyorlab, kamchiliklarni ham bosqichma-bosqich bartaraf etib boramiz. Tarkibdagi aksariyat yosh o‘yinchilarimiz bunday saviyadagi jamoaga qarshi hali o‘ynamagan. Shunday o‘yinlar ularni toblantiradi. Natija hali muhim emas, har bir o‘yinchiga imkoniyat beramiz.

«Zenit» bilan o‘yinda raqibni haddan ortiq hurmat qilib yubordik. Ha, ularning tarkibi juda kuchli, braziliyalik ijrochilar bor. Ammo qo‘l ostimdagi jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, ular o‘z kuchlarining 30 foizini ham ko‘rsatgani yo‘q. Raqibdan qo‘rqmay, o‘ynash talab etilgandi. Ehtimol, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani ham ularning jismoniy holatiga ta’sir qilayotgandir. O‘yinni tahlil qilamiz», - deydi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:46, 22.01.2024.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик