Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Osiyo kubogi-2023. Tojikiston pley-offga chiqdi, Xitoy esa...

Osiyo kubogi-2023. Tojikiston pley-offga chiqdi, Xitoy esa...

Baho:
+ | -

Osiyo kubogining "A" guruhidan o‘rin olgan jamoalar 3-tur bahslarini o‘tkazishdi.

Mezbon Qatar Xitoyga qarshi maydonga chiqib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Natijada Qatar 9 ochko jamg‘argan bo‘lsa, xitoylik katta ehtimol bilan uyga qaytishadi.

Tojikiston-Livan o‘yini esa hissiyotlarga boy bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Bassel Jradiy ajoyib zarba bilan livanliklarni oldinga olib chiqdi. Livan futbolchisi Qossim az-Zayn qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi.

Qo‘shnilarimiz 80-daqiqada Umarboyev tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba natijasida hisobni tenglashtirishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Nuriddin Hamroqulov bosh bilanraqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Hakam ikkinchi bo‘limga naq 16 daqiqa qo‘shib berdi. Livan bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramay, oldinga tashlandi. Ular bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Tojikiston ham imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi.

Yakunda esa Tojikiston muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogidagi debyut ishtirokida pley-offga chiqdi — 4 ochko, 2-o‘rin. Qo‘shnilarimiz nimchorak finalda, ko‘p ehtimol bilan, "S" guruhida 2-o‘rinni egallaydigan BAA (yoki Eron) bilan to‘qnash keladi.

Osiyo kubogi, "A" guruhi, 3-tur
Tojikiston – Livan 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 47 Jradiy, 1:1 – 80 Umarboyev, 2:1 – 90 Hamroqulov.
Tojikiston – Yatimov, Safarov, Hanonov, Jo‘raboyev, Nazarov (Davlatmir, 90), Panjshanbe, Umarboyev, Shukurov (Muhammadjon, 72), Jalilov (Xayloyev, 88), Mabatshoyev (Hamroqulov, 72), Soirov (Samiyev, 72).
Livan – Matar, Az-Zayn, Xamis, Az-Zayn, Melkiy, Nassar (Laxud, 82), Jradiy (Bitar, 82), Srour, Tnesh (Haydar, 82), Maatuk (Shour, 58), Bugiel (El-Xelve, 67).
Ogohlantirishlar: Jo‘raboyev (27), Matar (77), Az-Zayn (90), Panjshanbe (90), Xayloyev (90).
Chetlatish: Az-Zeyn (56).

Qatar – Xitoy 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Al-Haydos.
Qatar – Ash-SHiyb (Zakariya, 46; Barsham, 63), Ar-Roviy, Xuxiy, Ali, Al-Brake, Xatem (Jobir, 46), Assadalloh, Toriq (Al-Haydos, 64), Abdurizag (Afif, 64), Alaa (Al-Janhiy, 46), Munir.
Xitoy – Yan Szyunlin, Chjan Linpen, Brauning, Chju Chensze, Lyu Yan, U Si (Syuy Sin, 67), Van Shan’yuan (Szyan Shenlun, 85), Lyu Binbin (Se Penfey, 46), Vey Shixao (U Ley, 67), Chjan Yuynin, Lin Lyanmin (Lon Tan, 75).
Ogohlantirishlar: Ar-Roviy (70), Munir (80), Al-Janhiy (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:30, 22.01.2024.
O'qildi: 12796 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик