Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FA rahbariyati futbol klublari mas’ullari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati futbol klublari mas’ullari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov professional futbol klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Kun tartibiga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakunlari va yangi mavsum rejalari ko‘rib chiqildi, klublarning faoliyati, ifratuzilmasi va moliyaviy hisobotlari aniq raqamlar asosida tahlil qilindi.

Mablag‘larni klublar rivoji uchun maqsadli sarflash, legionarlarni jalb qilishda ularning darajasini tahlil qilish, akademiya, ayollar futboli, futzal va infratuzilmaga e’tibor qaratish borasida talablar qo‘yildi. Hakamlarning halol ishlashi, hakamlik sifatini oshirish, VAR tizimini takomillashtirishga e’tibor qaratildi. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi keskin va ayovsiz kurash jadallik bilan davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Mas’ullarga transferlar jarayonini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi. Yosh futbolchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish va ularning klubda tajribasini oshirib borish muhimligi aytildi.

«Biz U-20, U-23 Osiyo chempionatlari kabi nufuzli turnirlarga mezbonlik qilmaganimizda bir qator yosh futbolchilarimiz kuchli ligalarga, katta klublarga transfer qilinmagan bo‘lardi. Klublarda ham iste’dodlarga muntazam ishonch bildirish zarur. Ularda ishtiyoq va intilish yuqori darajada», dedi Abdusalom Abdumavlonovich.
 
Yig‘ilishda O‘FA rahbariyati tomonidan klublardagi mavjud muammolar tinglandi. Ushbu muammolar yechimida jamoalarga kerakli yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi. Klublar terma jamoalar bilan hamjihat ishlagan holda, iste’dodli futbolchilarni tarbiyalashi ustuvor vazifa etib belgilandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:20, 24.01.2024.
O'qildi: 1063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.