Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada

O‘zbek klublaridagi ish noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani haqida

O‘zbek klublaridagi ish noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hozirgi kunda Turkiyada 10 ga yaqin klublarimiz o‘quv mashg‘ulot o‘tkazishyapti. Eng qizig‘i, ularni birortasi ham o‘zi bilan klub matbuot kotibini olib ketmagan.

Klublarimiz muxlis tashrifi pasayib ketganidan noliydida lekin, shu muxlisga jamoa haqida ma’lumot yetkazib beradigan matbuot kotibini o‘zi bilan chetga olib keta olmaydi. Sababi ko‘p.  Undan ko‘ra deydi "senga rasm jo‘natib turishadi, o‘shalarni saytga qo‘yib borasan" deydi.

Muammo ham aynan shunda. Matbuot kotibini faqat saytga ma’lumot qo‘yib boruvchi inson deb o‘ylanishida.

Aslida esa unday bo‘lmaslik kerak. Matbuot kotibida katta bir shtabga ega bo‘lishi kerak. U shtabda yozuvchi, videoga oladigan, montaj qiladigan, fotosurat-chi va hokazolar bo‘lishi kerak.

Ular tinmay klub va o‘yinchi haqida ma’lumotlar bilan barcha ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirib tashlashi kerak. Tinmay marketing bo‘limi bilan muxlislarni jalb qilish ustida ishlash kerak. Lekin, bizda unday emas.

Bizda aksar klublarda klub matbuot kotibi nima ish qiladi bilasizmi?  

Hozir sanab beraman:

1. Hozir klub o‘yinchilarni PFLdan ro‘yxatga o‘tkazishi kerak. Bu ish bilan ham matbuot kotibi shug‘ullanadi.

2. Klubni lisenziyalashdan o‘tkazish kerak. Buni ham matbuot kotibi qiladi.

3. Legioner o‘yinchilarga viza qilish kerak. Buniyam u qilishi kerak.

4. O‘yinchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Hujjatlarni tayyorlab berishi kerak albatta.

5. Sport direktor va texnik direktorning barcha yozma ishlarini qilib berishi kerak.

Xullas nima hujjatli ish bo‘lsa barchasi matbuot kotibini oldiga keladi. U yozib, chiroyli qilib berishi kerak.

Aksar klublarimizda haligacha, ikkita odam barcha ishlar bilan shug‘ullanadigan bo‘ladi.

Barcha narsaga yugur-yugur qiladigan administrator va barcha hujjat ishlarini qiladigan matbuot kotibi.

Agar matbuot kotibi va marketing bo‘limi doim muxlislarni jalb qilish ustida ishlasa sekin-sekin bu o‘z samarasini beradi. Faqat sabr va barcha birdak ishlashi kerak.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 15:33, 27.01.2024.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.